ko‘ra bekor qilishga faqat ushbu Kodeks 161-moddasi
ikkinchi qismining
1
,
4
va
5-
bandlarida
nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi.
Ushbu moddaning
birinchi
qismida
ko‘rsatilgan xodimlar bilan mehnat
shartnomasi bekor qilinganda ularning bola parvarishlash
nafaqasini olish huquqi
saqlanib qoladi.
Bolasi uch yoshga to‘lguniga qadar bola parvarishlash ta’tilida bo‘lgan xodim
bilan mehnat shartnomasini xodimning malakasi yetarli emasligi oqibatida egallab
turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga loyiq emasligi
munosabati bilan ish
beruvchining tashabbusiga ko‘ra ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining
3-
bandiga
muvofiq bekor qilishga xodim ta’tildan chiqqan kundan e’tiboran bir yil ichida
yo‘l qo‘yilmaydi.
410-modda. Oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslardan biriga
kafolatlar berish sharti
Ushbu Kodeksda bolaning otasiga yoki oilaviy
vazifalarni bajarish bilan
mashg‘ul boshqa shaxslarga (onadan tashqari) mehnat sohasida qo‘shimcha kafolatlar
nazarda tutilgan hollarda, ular bolaning onasi yoki oilaviy vazifalarni bajarish bilan
mashg‘ul boshqa shaxs bu kafolatlardan foydalanmayotganligini tasdiqlovchi hujjatni
(ish joyidan ma’lumotnomani, o‘lim to‘g‘risidagi
guvohnomani, ona va oilaviy
vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul boshqa shaxs
muomalaga layoqatsiz deb
topilganligi to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan yoki ota-onalik huquqidan mahrum
qilish haqidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarorini va hokazolarni) ish beruvchiga ish
joyi bo‘yicha taqdim etishi kerak.
Agar bolaning onasi ishlamasa hamda bolaning parvarishi
va tarbiyasi bilan
mashg‘ul bo‘lsa yoxud ishlasa hamda ushbu paragrafda nazarda tutilgan kafolatlardan
foydalansa, otaga yoki oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul boshqa shaxslarga
mazkur kafolatlar berilmaydi.