24-bob. Umumiy qoidalar 388-modda. Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari tushunchasi


-modda. Ikki yoshga to‘lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan


Download 73.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana06.11.2023
Hajmi73.66 Kb.
#1751535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
389-411

395-modda. Ikki yoshga to‘lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan 
ota-onadan birini (vasiyni) boshqa ishga o‘tkazish 
Ikki yoshga to‘lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan ota-onadan biri 
(vasiy) avvalgi ishini bajarishi mumkin bo‘lmagan taqdirda, o‘z arizasiga ko‘ra 
bajariladigan ishi uchun haq to‘lanadigan, biroq avvalgi ishi bo‘yicha o‘rtacha ish 
haqidan kam bo‘lmagan miqdorda bola ikki yoshga to‘lguniga qadar ish haqi 
to‘lanadigan boshqa ishga o‘tkaziladi. 
Ish beruvchida boshqa ish mavjud bo‘lmagan taqdirda, ikki yoshga to‘lmagan 
bola parvarishini amalga oshirayotgan xodimga qonunchilikda belgilangan tartibda 
bola parvarishi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi. 
Yakka tartibdagi mehnatga doir nizo yuzaga kelgan taqdirda, ikki yoshga 
to‘lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan xodimni boshqa ishga o‘tkazish 
mumkin emasligini isbotlash vazifasi ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi. 
396-modda. Tungi ishlarda, ish vaqtidan tashqari ishlarda, dam olish 
kunlaridagi hamda ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarda homilador 
ayollar va bolalari bor shaxslar mehnati qo‘llanilishining hamda ularni xizmat 
safariga yuborishning o‘ziga xos xususiyatlari 
Homilador ayollar, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning (o‘n olti yoshga 
to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning) ota-onasidan biri (ota-onasining o‘rnini 
bosuvchi shaxs) faqat o‘z yozma roziligi bilan tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari 
ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb 
qilinishi, shuningdek xizmat safariga yuborilishi mumkin. Bunda ish beruvchi mazkur 
xodimlarni tungi ishlardan, ish vaqtidan tashqari ishlardan, dam olish kunlaridagi va 
ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlardan yoki xizmat safaridan voz kechish 
borasidagi huquqi to‘g‘risida xabardor qilishi shart. 
Homilador ayollarni va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni tungi 
ishlarga jalb qilishga bunday ish homilador ayolning hamda bolaning hayotiga va 
sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa mavjud bo‘lgan 
taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi. 

Download 73.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling