24-bob. Umumiy qoidalar 388-modda. Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari tushunchasi


Download 73.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana06.11.2023
Hajmi73.66 Kb.
#1751535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
389-411

saqlanib qolishi 
Xodimlarning mehnat sohasidagi hamda muayyan mehnat turiga xos bo‘lgan 
talablar yoki yuqori ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslarga alohida g‘amxo‘rlik 
qilish (mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari) bilan 
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan mashg‘ulotlar sohasidagi huquqlarining asoslantirilgan 
tafovutlari, istisnolari, afzalliklari, shuningdek cheklovlarini belgilash chog‘ida tegishli 
toifadagi xodimlarning ushbu Kodeksda va mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy 
hujjatlarda nazarda tutilgan barcha kafolatlari saqlanadi, bundan ushbu bo‘limda 
belgilangan, xodimlarning mazkur toifasi uchun ayrim kafolatlarni berish imkoni 
yo‘qligi bilan bog‘liq alohida istisnolar mustasno. 
391-modda. Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan 
tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash tartibi 


Ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan kafolatlar darajasining pasayishiga, 
ularning huquqlari cheklanishiga, intizomiy va (yoki) moddiy javobgarligi oshishiga 
olib keladigan mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari 
faqat ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda belgilanishi mumkin. 
25-bob. Ijtimoiy va huquqiy jihatdan kuchli himoya qilinishga muhtoj 
shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos 
xususiyatlari 
1-§. Ayollarning va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslarning 
mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari 
392-modda. Homiladorligi yoki farzandlari borligi sababli ishga qabul 
qilishni rad etishni yoki ish haqi miqdorini kamaytirishni taqiqlash 
Homiladorligi yoki farzandi borligi bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra ishga qabul 
qilishni rad etish yoki mehnatga haq to‘lash miqdorini kamaytirish taqiqlanadi. 
Ish beruvchi ishga qabul qilishni rad etgan taqdirda, rad etish sabablarining 
ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan 
yozma asosini homilador ayol yoki farzandlari bor shaxs talabiga ko‘ra uch kun ichida 
taqdim etishi shart. Ishga qabul qilishni rad etish sabablarining yozma asosini taqdim 
etmaganlik ishga qabul qilishni rad etganlik ustidan shikoyat qilishga monelik 
qilmaydi. 

Download 73.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling