uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadigan
tartibda nafaqa to‘lanadi.
Ayolga uning xohishiga ko‘ra, bolasi uch yoshga to‘lguniga qadar uni
parvarishlash uchun ish haqi saqlanmagan holda qo‘shimcha ta’til ham beriladi.
Ushbu
moddaning
birinchi
va
ikkinchi
qismlarida
ko‘rsatilgan
bolani
parvarishlash ta’tillaridan
bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani haqiqatda
parvarishlayotgan
boshqa qarindoshlari ham, shuningdek vasiysi ham to‘liq yoki
qismlarga bo‘lib foydalanishi mumkin.
Ayol yoki ushbu moddaning
uchinchi qismida
ko‘rsatilgan shaxslar xohishiga
ko‘ra, bolani parvarishlash ta’tili vaqtida to‘liqsiz ish vaqti shartlari asosida yoki ish
beruvchi bilan kelishuv bo‘yicha uyda ishlashi mumkin. Bunda ushbu
moddaning
birinchi qismiga
muvofiq ularning nafaqa olish huquqi saqlab qolinadi.
Bolani parvarishlash ta’tillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanadi.
Bu ta’tillarning ko‘pi bilan olti yili mehnat stajiga qo‘shiladi,
shu jumladan
mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shib hisoblanadi.
Kelgusidagi yillik mehnat ta’tilini olish huquqini beruvchi ish stajiga, agar
jamoa
shartnomasida, shuningdek tashkilotning ichki hujjatida yoxud mehnat
shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa,
bolani parvarishlash
ta’tillari vaqti kiritilmaydi.
406-modda. Yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy
qilib belgilangan xodimga beriladigan ta’tillar
Yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga
vasiy qilib belgilangan
xodimga bola farzandlikka olingan yoki vasiylik belgilangan kundan boshlab va bola
tug‘ilgan kundan e’tiboran ellik olti kalendar kun (bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan
ortiq bola farzandlikka olingan taqdirda esa yetmish kalendar kun) o‘tguniga
qadar
qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam
bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘langan xolda ta’til beriladi.
Yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan
xodimning yozma arizasiga ko‘ra, xodimga bola ikki yoshga to‘lguniga qadar bolani
parvarishlash ta’tili berilib, ushbu davr uchun O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda nafaqa to‘lanadi, shuningdek bola uch
yoshga to‘lguniga qadar ish haqi saqlanmaydigan ta’til ham beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: