24-bob. Umumiy qoidalar 388-modda. Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari tushunchasi


-modda. O‘n ikki yoshga to‘lmagan bolalarning yoki o‘n olti yoshga


Download 73.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana06.11.2023
Hajmi73.66 Kb.
#1751535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
389-411

402-modda. O‘n ikki yoshga to‘lmagan bolalarning yoki o‘n olti yoshga 
to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan birining (ota-ona o‘rnini 
bosuvchi shaxsning) ish haqi saqlanmagan holda ta’til olish huquqi 
O‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki nafar va undan ortiq bolaning yoki o‘n olti 
yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini 
bosuvchi shaxsga), ularning xohishiga ko‘ra, har yili ish haqi saqlanmagan holda 
davomiyligi kamida o‘n to‘rt kalendar kun bo‘lgan ta’til beriladi. 
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
nazarda tutilgan ta’til yillik mehnat ta’tiliga 
qo‘shib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda ushbu ta’tildan 
alohida (to‘liq yoxud qismlarga bo‘lib), lekin faqat joriy ish yili davomida 
foydalanilishi mumkin. Ushbu ta’tilni keyingi ish yiliga ko‘chirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
403-modda. Homilador ayollarga antenatal (tug‘ruqqacha) parvarishlash 
uchun qo‘shimcha bo‘sh kunlar berilishi 
Ish beruvchi homilador ayollarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami 
muassasalarida antenatal (tug‘ruqqacha) parvarishlash (perinatal skrining va tashxis
majburiy tibbiy ko‘riklar va boshqa majburiy tibbiy muolajalar) uchun o‘rtacha ish haqi 
saqlangan holda qo‘shimcha bo‘sh kunlar berishi shart. 
Homilador ayollarni antenatal (tug‘ruqqacha) parvarishlash tartibi va 
muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
404-modda. Homiladorlik va tug‘ish ta’tili 
Ayolga tug‘ruqqacha yetmish kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin ellik olti 
kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda 
yetmish kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, qonunchilikda 
belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo‘lmagan 
miqdorda nafaqa to‘lanadi. 
Homiladorlik va tug‘ish ta’tili ayolga jamlangan holda hisoblab chiqarilib
tug‘ruqqacha haqiqatda foydalanilgan kunlar sonidan qat’i nazar, to‘liq beriladi. 
Homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 

Download 73.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling