24-bob. Umumiy qoidalar 388-modda. Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari tushunchasi


-modda. Uch yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan birining


Download 73.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana06.11.2023
Hajmi73.66 Kb.
#1751535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
389-411

397-modda. Uch yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan birining 
(vasiysining) qisqartirilgan ish vaqti davomiyligiga bo‘lgan huquqi 
Uch yoshga to‘lmagan bolaning budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda 
ishlaydigan ota-onasidan biriga (vasiysiga) haftasiga o‘ttiz besh soatdan oshmaydigan 
ish vaqti davomiyligi belgilanadi. 
Ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida ushbu moddaning 
birinchi 
qismida 
ko‘rsatilgan xodimlar mehnatiga haq to‘lash har kungi to‘liq ish davomiyligida 
ishlaydigan xodimlar uchun belgilangan miqdorda amalga oshiriladi. 


Uch yoshga to‘lmagan bolaning budjetdan moliyalashtirilmaydigan ish 
beruvchilarda ishlaydigan ota-onasidan biriga, vasiysiga qisqartirilgan ish vaqti 
davomiyligi jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida yoki ish beruvchi 
tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki 
hujjatlarda belgilanishi mumkin. 
398-modda. Homilador ayollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan 
mashg‘ul shaxslarga to‘liqsiz ish vaqti belgilash 
Ish beruvchi homilador ayolning, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning (o‘n olti 
yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning) ota-onasidan birining (ota-ona o‘rnini 
bosuvchi shaxsning), shuningdek oilaning betob a’zosini parvarishlashni amalga 
oshirayotgan shaxsning iltimosiga ko‘ra ularga tibbiy xulosaga muvofiq to‘liqsiz ish 
vaqti belgilashi shart. 
399-modda. Qo‘shimcha dam olish kuni 
O‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ota-
onadan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni 
berilib, davlat ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan shu vaqt uchun bir kunlik ish 
haqi miqdorida nafaqa to‘lanadi. 
400-modda. Homilador ayollarga va oilaviy vazifalarni bajarish bilan 

Download 73.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling