24-bob. Umumiy qoidalar 388-modda. Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari tushunchasi


mashg‘ul shaxslarga yillik mehnat ta’tillarini berish navbatini belgilashdagi


Download 73.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana06.11.2023
Hajmi73.66 Kb.
#1751535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
389-411

mashg‘ul shaxslarga yillik mehnat ta’tillarini berish navbatini belgilashdagi 
imtiyozlar 
Homilador ayollarga va bola tuqqan ayollarga yillik mehnat ta’tili, ularning 
xohishiga ko‘ra, tegishincha homiladorlik va tug‘ish ta’tilidan oldin yoki undan keyin 
beriladi. 
Homilador ayollarni yillik mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Bolani parvarishlash ta’tilidan foydalanayotgan xodimga yillik mehnat ta’tili, 
uning xohishiga ko‘ra, bola parvarishlash ta’tilidan oldin yoxud undan keyin beriladi. 
Ishlaydigan erkaklarga xotinining homiladorlik va tug‘ish ta’tili davrida o‘z 
xohishiga ko‘ra yillik mehnat ta’tili: 
birinchi ish yili uchun — ishlab berilgan vaqtdan qat’i nazar; 
keyingi yillarda — ta’tillar berish jadvalidan qat’i nazar beriladi. 
O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bitta va undan ortiq bolani (o‘n olti yoshga 
to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani) tarbiyalayotgan yolg‘iz otaga, yolg‘iz onaga 
(beva erkaklarga, beva ayollarga, nikohdan ajrashganlarga, yolg‘iz onalarga) va 
muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga yillik mehnat 
ta’tillari, ularning xohishiga ko‘ra, ular uchun qulay bo‘lgan vaqtda beriladi. 
401-modda. O‘n ikki yoshga to‘lmagan bolalarning yoki o‘n olti yoshga 
to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini 
bosuvchi shaxsga) beriladigan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til 
O‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki o‘n olti yoshga 
to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi 


shaxsga) har yili davomiyligi kamida to‘rt kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan 
qo‘shimcha ta’til beriladi. 
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
nazarda tutilgan ta’til yillik mehnat ta’tiliga 
qo‘shib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda ushbu ta’tildan 
alohida (to‘liq yoxud qismlarga bo‘lib), lekin faqat tegishli ish yili davomida 
foydalanilishi mumkin. Ushbu ta’tilni keyingi ish yiliga ko‘chirishga yoki uni pulli 
kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Download 73.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling