2–sho’ba ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro baholash dasturi talablari orqali o‘qitish metodologiyasini takomillantirish


Download 1.85 Mb.
bet76/78
Sana21.07.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1661534
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
Bog'liq
2-sho\'ba B.Umarov 2023 тахрир турт

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI. Klassik pedagoglarning ta’kidlashicha, xalq pedagogikasi tarbiya haqidagi fanni boyitadi, uning tayanchi va asosi bo‘lib xizmat qiladi. Xalq pedagogikasi o‘z navbatida etnopedagogikaning predmetidir. U pedagogik fanlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi uchun asos bo‘Iib xizmat qiladi. Badiiy adabiyotning yaratilishi bilan og‘zaki ijod namunalarini o‘rganish bartaraf etilmagani kabi pedagogik fanlar ham xalqning kundalik hayotidan pedagogik qarashlarni siqib chiqara olmadi. Pedagogik fanlar va xalq pedagogikasi o‘zaro munosabatga kirishdi, bir–birining rivojlanishiga yaxshi ta’sir qildi, buning natijasi ommaviy pedagogik madaniyat vujudga keldi.
Xalqlarning pedagogik madaniyati bilan qiziqqan rus yozuvchisi V.G.Belinskiy: “Har bir millatning o‘ziga xosligi, asosan faqat shu millatga xos dunyoqarash, din, til, urf–odatlar va an’analaridir”, – deydi. 0‘tmishda yig`illgan ma’rifiy boyliklarni buyuk faylasuf Gegel “o‘zidan kuch taratuvchi ona yer» bilan taqqoslagan. Uning ta’kidlashicha, “ilm–fan va ta’limning har bir yangiligi uning qadimiylikka murojaatidan kelib chiqadi” [2, 25–бет]. Demak, madaniyatning, jumladan pedagogik madaniyatning an’anaviyligi xalqlarning yuqori madaniyatining muhim belgisidir.
Ko‘p qirrali tarixiy va boy madaniyatning ajralmas qismi bo’lgan xalq pedagogikasini o‘rganish orqali kamolotga erishgan ajdodlarimiz, buyuk allomalarimizning ilm–fan, san’at va adabiyot sohasidagi durdonalari uzoq asrlar davomida jahon madaniyati xazinasidan o‘ziga munosib o‘rin egallagan. “Xalqimizning ma’naviy madaniyatidan biri bo‘lgan xalq pedagogikasining eng ilg‘or , eng noyob fikr va mulohazalari, tarbiya borasida qo’llanilib kelingan usul, vosita, ko’nikma va malakalar bizning zamonamizda ham o‘z qimmati va ahamiyatini yo’qotmagam)”[5, 14–бет].
TADQIQOT METODOLOGIYASI. Xalq pedagogikasi tom ma’nosi bilan umuminsoniy, xalqchil pedagogikadir. Uni xalqlar tarixi, xalq falsafasi, psixologiyasi, etnografiyasi, xalq tibbiyotidan tashqarida tasavvur qilib bo’lmaydi. Shuningdek, xalq pedagogikasi o’zining udumshunoslik, elshunoslik, qadrshunoslik, ruhshunoslik, mumtoz adabiyot, san’at, og‘zaki ijod kabi fan sohalaridagi eng yaxshi namunalarni, hayotning, tafakkurning, odob– ahloq, ta’lim–tarbiyaning hamma jabhasini qamrab oladi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling