№
Unli fonemalar
Undosh fonemalar
1.
Unli fonemalar hosil bo‘lishida
o‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz
bo‘shlig‘ida hеch qanday to‘siqqa
uchramasdan o‘tadi.
Undosh fonemalarni hosil qilishda o‘pkadan
chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida turli
to‘siqlarga uchraydi va buning natijasida
shovqin hosil bo‘ladi.
2.
Unlilarni cho‘zib talaffuz qilish
mumkin.
Undoshlarni cho‘zib talaffuz qilib bo‘lmaydi
3.
Unlilar talaffuzida un paychalari albatta
titraydi.
Undoshlar talaffuzida un paychalari titrashi ham
(jarangli va sonorlarda), titramasligi ham
(jarangsizlarda) mumkin.
4.
Unlilar bo‘g in hosil qilib biladi: a-ka,
o-i-la, mu-do-fa-a.
Undoshlar bo‘g‘in hosil qilib bilmaydi, ular
bo`g`in tarkibida kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |