3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja: Konning yillik unumdorligi
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja
Ochishning aralash sxemalari
Ochishning aralash sxemasida kon dastlab yuzadan o‘tgan stvollar bilan, so‘ngra chuqurlikda to‘siqli stvollar bilan ochiladi. Quyidagi holatlarda aralash sxemalar qo‘llaniladi: 1. Konning chuqurligi katta bo‘lib, uni yuzadan o‘tgan vertikal lahim bilan ochish mumkin bo‘lmaganda. YUzadan o‘tkazilgan stvollarning eng yuqori chuqurligi, odatda, 1200-1500 m oshmaydi va kamdan- kam hollarda (ko‘p arqonli ko‘tarilishda) 2200 m.ga etadi. 1500-2000 m dan ortiq chuqurlikda ko‘tarish arqonlarining o‘z massasi shuncha og‘irki, ko‘tarishdan foydalanish mumkin bo‘lmaydi. 2. SHtolnya sathi pastida konning bir qismi qoladi, uni faqat to‘siqli stvollar bilan ochish mumkin. 3. CHuqurlikdan ko‘tarilishda unumdorlik pasayadi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvatini saqlab qolish uchun aralash sxemalarga o‘tishga to‘g‘ri keladi. 4. Rudali jism joylashuvi sharoitlari ba’zida o‘zgaradi. Masalan, chuqurlikda yotiqlik burchagi keskin kamayishi mumkin. Bu holatda kvershlaglar uzunligi ortadi va pastki qatlamlarni to‘siqli stvollar bilan ochishga o‘tish maqsadga muvofiq bo‘lmay qolishi mumkin. YUzadan vertikal stvol bilan ochib, chuqurlikda vertikal to‘siqli stvollarga o‘tish bilan ochish juda keng tarqalgan. Har bir pog‘ona chuqurligi 750 dan 1200 m. gachani tashkil etadi (3.13-rasm). Bu sxema Rossiya, Hindiston, Braziliya, JAR oltin konlarida qo‘llaniladi. 3.13-rasm. YUzadan vertikal stvol bilan ochib, vertikal to‘siqli stvolga o‘tish bilan ochishning aralash sxemasi 3.14-rasm. Ruda qatlamlarini aralash ochish sxemasi: a – vertikal va to‘siqli vertikal stvollar bilan; b – shtolnyalar va to‘siqli stvol bilan; v – vertikal skipli va qiya konveyerli stvollar bilan. 1 – rudali jism; 2 – surilish zonasi chegarasi; 3 – asosiy ruda ko‘tarish stvoli; 4 – stvoldagi asosiy ruda tushirgich; 5 – yuklash kompleksi; 6 – kvershlaglar; 7 – to‘siqli ruda ko‘targich stvol; 8 – shtolnyalar; 9 – qiya konveyerli stvol; 10 – suvga to‘yingan o‘tirindilar. Aralash ochish ko‘p holatlarda ikkita dastlabki usullar –zaxiralarni to‘liq aniqlash yoki ishlarni kengaytirish natijasi rivojlanishi hisoblanadi Aralash ochishning maqsadga muvofiqligi rudali jism joylashuvi elementlarining doimiy emasligi, relefning murakkabligi, shaxta maydonida turli chuqurliklarda joylashgan bir nechta qatlamlarning mavjudligi va b.lar bilan belgilanadi (3.14- rasm). Konni ochish konni qurish bosqichida olib boriladi, u bir necha yil cho‘ziladi va yirik mablag‘larni talab qiladi. Dastlabki xarajatlarni kamaytirishga konlarni navbati bilan (ketma -ket) qurish va ochish bilan erishiladi. Masalan, agar butun konni qazish uchun, har biri bir yil qaziladigan 12 qavatni ochish zarur bo‘lsa, unda konni uchta navbat bilan, har bir qavati bo‘yicha ochish lozim. SHunday qilib, butun konni birdaniga butun chuqurligiga ochishdan ko‘ra, ikkinchi navbatni qurish uchun mablag‘lar 12 yil keyinga qoldiriladi, uchinchini qurish uchun esa 24 yil keyinga qoldiriladi. Biroq, navbati bilan ochish o‘z kamchiliklariga ega. Masalan, konda qazib olishni to‘xtatish imkoniyati bo‘lmaganligi uchun har bir keyingi navbatni ochish amaldagi kon sharoitlarida amalga oshiriladi. Bu ishlarni tashkil qilishni qiyinlashtiradi va ularni bajarishga xarajatlar ortadi. SHuning uchun ochish navbati soni va har bir navbatdagi qavatlar soni, ya’ni ochish odimlari maqbulroq, buni loyihachilar variantlarni texnik-iqtisodiy taqqoslash asosida belgilashadi. Hozirgi vaqtda birinchi navbatda uch-to‘rt va undan ko‘proq qavatlar ochiladi, keyingi har bir navbatda kamida ikkita-uchta qavatlar ochiladi. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling