3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja: Konning yillik unumdorligi


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/24
Sana12.09.2023
Hajmi4 Mb.
#1676096
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja

Qiya stvollar bilan ochish. 
Qiya stvol kon bo‘ylab yoki ostki yondan o‘tkazilishi mumkin. Kon 
bo‘ylab o‘tkazilgan stvollar yaqiniga stvolning har bir tomonidan kengligi 20-30 
m va undan ortiq bo‘lgan saqlovchi seliklarni qoldirish lozim. Kon bo‘ylab qiya 
stvollar kam o‘tkaziladi. Agar qiya stvol konni aniqlash uchun xizmat qilsa yoki 
qiyalama konning yuqori qatlamlarida qisqa vaqtda qazishni boshlash talab etilsa, 
bu amalga tadbiq etiladi.
Konning ostki yonida qiya stvol qatlamga parallel o‘tadi, agar uning 
yotiqlik burchagi jinslar surilishi burchagidan kam bo‘lsa, yoki agar u qatlamga 
qaraganda qiyalama bo‘lsa, surilish yuzasiga parallel o‘tkaziladi (3.8-rasm). 
 
3.8-rasm. Skipli ko‘tarilishli qiya stvol bilan ochish: 1 – ventilyasion stvol; 2 – asosiy qiya stvol; 
3 – transport shtreklari; 4 –ostki yonning jinslar surilishi zonasi chegarasi. 
Konning ostki yonidan stvolgacha eng kam masofa – 15 – 20 m. Qiya stvol 
bo‘ylab rudani ko‘tarish ko‘tarma sig‘imlar (kletlar, vagonetkalar, skiplar) yoki 
konveyer yordamida amalga oshiriladi. Ruda bo‘laklari dumalab ketmasligi uchun 
konveyerli ko‘tarishda stvol qiyalik burchagi 15° - 20° tashkil etadi (3.9-rasm), 
Hozirgi vaqtda ayrim konlarda konveyerlar 20° dan ortiq qiyalik burchakli 
stvollarda qo‘llaniladi. Vertikal konveyerlar ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli 
qo‘llanilmoqda. 


 
3.9-rasm. Konveyerli ko‘tarilishli qiya stvol bilan ochish: 1 –yordamchi vertikal va ventilyasion 
stvollar; 2 – asosiy qiya stvol; 3 – transport shtreklari; 4 – ruda tushirgichlar. 
 
1. Rudani ko‘tarishning bir xil usulida, aynan, sig‘imlarda uni 
ko‘tarishda, qiya va vertikal stvollar bilan ochishni taqqoslaymiz. Bu 
sharoitlarda vertikal stvol bilan ochish qiya stvol bilan ochishga qaraganda 
qator afzalliklarga ega, bular quyidagilar: 
2. Stvol uzunligi kam. 
3. Boshqa teng sharoitlarda stvol kesimi kam, ko‘tarish tezligi yuqori
ko‘tarish sig‘imi va harakatli bo‘limining ko‘ndalang kesimlari kam. 
4. Mustahkamlash va saqlab turish narxi past. 
5. Suv chiqarib tashlash arzon (quvurning uzunligi qisqa bo‘lganligi 
uchun). 
6. Ko‘tarish ishi ishonchliligi juda yuqori ahamiyatli (chunki qiya 
stvollarda ko‘tarish sig‘imlari va ko‘tarish arqonlari yuradigan relsli yo‘llar tez 
ishdan chiqadi). 
Biroq, vertikal stvol bilan ochishda kamchilik mavjud: pastki 
qatlamlarda, qiya stvol bilan ochishga qaraganda, kvershlaglar juda uzun. 
Konveyerli ko‘tarishda juda boshqa sharoitlar yuzaga keladi. Ko‘tarishning 
bu turi faqat yuqorida sanab o‘tilgan kamchiliklarga ega emas, balki qator 
afzalliklarga ham ega. Avvalo, konveyer bitta stvol orqali rudaning katta 
miqdorini (12 – 15 mln. t/y. gacha) berish imkoniga ega. Konveyerli transport 
qazish blokidan yuzagacha rudaning uzluksiz oqimini amalga oshirish va barcha 
transport ishlarini avtomatlashtirish imkonini beradi. 
Konveyer ko‘tarishli qiya stvollar bir necha yuzlab metr chuqurlikda 
joylashgan gorizontal va qiya konlarni ochish uchun qo‘llaniladi. Bu holatda 
stvol va konveyer uzunligi katta emas. Ochish s xemasi oddiy va foydalanish 
uchun ishonchli. 
Katta tik konlarni ochish uchun konveyer ko‘tarishli qiya stvollar kam 


qo‘llaniladi, chunki stvollar uzunligi katta va ulardan foydalanish juda qiyin va 
qimmat. Lekin, bunday ochish sxemasiga misol mavjud - bu Krivorojsk havzasida 
Kirov konidagi «Artem 2» qiya stvollari. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling