4. Stvollar joylashuvi joyini tanlash
Stvollar joylashuvi ikkita yo‘nalishda tanlanadi: kon cho‘ziqligiga
ko‘ndalang va cho‘ziqligi bo‘yicha hamda ko‘pgina omillarni hisobga olgan
holda belgilanadi.
• CHo‘ziqlikka ko‘ndalang yo‘nalishda stvollarni qurishda, konni qazishning
butun muddati davomida ularning saqlanishini ta’minlash uchun, jinslar surilishi
zonasidan tashqariga joylashtirishga harakat qilinadi.
CHo‘ziqlikka ko‘ndalang yo‘nalishda stvollar joylashuvini aniqlashdagi
xatolar og‘ir oqibatlarga olib keladi. Rudali jism ancha chqurlikkacha qazib
olingandan so‘ng, vaqt o‘tishi bilan jinslar surilishi sodir bo‘ladi, rudali jismga
juda yaqin joylashgan stvol deformatsiyalana boshlaydi va ishdan chiqadi. YAngi
stvol o‘tkazishga to‘g‘ri keladi, bu ko‘p millionli xarajatlar bilan bog‘liqdir. Stvol
yaqiniga saqlovchi selik qoldirish mumkin, lekin bu rudaning ayrim zaxiralari
konservatsiyalanishini (to‘xtatib saqlanishini) keltirib chiqaradi; bunday qaror,
odatda, yakka tartibda (alohida) qabul qilinadi.
• Stvollar, odatdagidek, konning ostki yoniga joylashtiriladi.
Stvollarning bunday joylashuvida gorizontal ochuvchi kvershlaglar yuqori
qatlamlarda eng kam uzunlikka ega bo‘ladi, bu ularni eng qisqa muddatda
ochish imkonini beradi.
• Er ostida tashish xarajatlari katta bo‘lganligi uchun, tashish trassasi
uzunligi ham shuncha uzun bo‘ladi, asosiy ochish lahimlarini shaxta maydoni
o‘rtasiga joylashtirishga harakat qilinadi. Biroq, bunda konning har bir yon
tomonidan ifloslangan havoni yuzaga chiqarish uchun stvol o‘tishi lozim.
SHuning uchun shaxta maydonining uncha katta bo‘lmagan uzunligida (700 -
1000 m.gacha) asosiy ochuvchi lahimlar konning bir yon tomoniga, ventilyasiya
stvoli esa boshqa yon tomoniga joylashtiriladi.
Stvol joylashuvi joyini aniqlab, ba’zan dastlabki qabul qilingan qarorni
Do'stlaringiz bilan baham: |