3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja: Konning yillik unumdorligi
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Ochish lahimlari
Konlarni ochishga talablar:
1. Konni qazishning butun muddati davomida stvollar va shtolnyalarning saqlanishi. Buning uchun katta va o‘rtacha kattalikdagi konlarni qazishda ochish lahimlari foydali qazilmani qazib olishda hosil bo‘ladigan jinslarning surilish zonasidan tashqarida joylashtiriladi. YUpqa ertomirli konlarni qazib olishda ham, ko‘p holatlarda, shunday qilinadi, lekin ba’zan stvollar yaqindan yoki kon bo‘ylab o‘tadi. Bu holatda ochuvchi lahimlar yaqiniga rudadan saqlovchi seliklarni qoldirish yoki qazilgan joyni to‘lg‘azishli qazib olish amalga oshiriladi. 2. Stvollarni ko‘tarish imkoniyatlarining etarlicha zaxirasi mavjudligi. 3. Ochilgan zaxiralarning etarli miqdorini yaratish, keyingisida rudaning pastda joylashgan zaxiralarini o‘z vaqtida ochish va tayyorlash mumkin bo‘lishi uchun. 4. Konni ochish va ochish lahimlaridan foydalanish bo‘yicha barcha ishlarning yuqori darajada tejamkorligi. 3. Ochish lahimlari Ochish lahimlariga vertikal va qiya stvollar, shtolnyalar va ochish kvershlaglari kiradi. Vazifasiga ko‘ra ochish lahimlarining quyidagi turlari mavjud: asosiy va yordamchi. Asosiy lahimlar bo‘yicha ruda va jinslarni tashish yoki yuzaga ko‘tarish amalga oshiriladi, kishilar ish joyiga va yana yuzaga tashiladi, toza havo yuboriladi. YOrdamchi ochish lahimlariga, odatda, faqat toza havoni haydash yoki ifloslangan havoni chiqarish, jihozlarni ko‘tarish va tushirish, to‘lg‘azma materiallarini berish va b.lar uchun mo‘ljallangan stvollar va shtolnyalar kiradi. Bundan tashqari, ochuvchi lahimlar ishlatiladigan jihozlariga bog‘liq holda, turlarga ajratiladi. Masalan, ruda va jinslarni yuzaga ko‘taruvchi vertikal va qiya asosiy ochuvchi stvollar skipli (skiplarda ko‘tarish), kletli (kletlarda ko‘tarish) yoki skipli-kletli bo‘lishi mumkin. Skip – rudali massa yoki bo‘sh jinslarni ko‘tarish uchun mo‘ljallangan, stvol bo‘ylab siljiydigan metalli sig‘im, yuk ko‘tarishi 3-5 tonnadan 20-25 tonnagacha va undan ortiq. Klet – kishilarni, rudali va jinsli vagonetkalarni, materialalr va jihozlarni ko‘tarish va tushirish uchun xizmat qiladigan, stvol bo‘ylab siljiydigan metalli platforma. Bir kletli ko‘tarishda klet og‘irligi posangilar bilan muvozanatlashtiriladi, ikki kletli ko‘tarilishda kletlar mokisimon tartibda ishlaydi. Ko‘taruvchi idishlar xususiyatiga ko‘ra skipli-kletli, kletli va skipli asosiy stvollar bo‘ladi. Skipli stvollar posangili bitta skipga, ikkita yoki to‘rtta o‘zaro muvozanatlashgan skipga ega bo‘lishi mumkin (4.a-rasm). Skipli stvollar yuqori unumdorli konlarda rudani ko‘tarish uchun qo‘llaniladi. Kishilarni, materiallarni ko‘tarish va tushirish uchun hamda boshqa operatsiyalar uchun yordamchi stvol zarur. 4-rasm. Stvollarning namunali kesimlari variantlari: a – skipli; b – kletli (ikkita muvozanatlashtirilgan kletli); v – skipli-kletli (bitta kletli va ikkita muvozanatlashtirilgan skipli); 1 – skip; 2 – posangi; 3 – klet; 4 – zinapoya bo‘limi; 5 – maydon. Skipli-kletli stvollar kam va o‘rtacha unumdorlikli konlarda keng tarqalgan (4.v-rasm). Ular ham rudalarni ko‘tarish uchun hamda yordamchi operatsiyalar uchun xizmat qiladi. Bu holatda ko‘tarish idishlari birikmasi juda har xil bo‘ladi. Ikkita skip va posangili klet, ikkita skip va ikkita muvozanatlashtirilgan kletlar va b.lar bo‘lishi mumkin. Kletli stvollar korxonaning uncha katta bo‘lmagan, 1 mln.t/yil.gacha ishlab chiqarish quvvatida qo‘llaniladi (4.b-rasm). Bu holatda ruda kletlar yordamida vagonetkalarda ko‘tariladi. Bunday stvolda muvozanatlashtirilgan kletlar yoki posangili klet bo‘lishi mumkin. Posangili kletlar va skiplar shunday afzallikka egaki, ular bir nechta qatlamlardan ishlashi mumkin. Muvozanatlashtirilgan kletlar va skiplar faqat bitta qatlamdan ishlashga moslashtirilgan. Ko‘pincha stvolda inspektorli ko‘tarilish deb nomlanuvchi bo‘ladi. Bu posangili uncha katta bo‘lmgan klet, u qachonki asosiy kletli ko‘tarilish yordamchi operatsiyalar bilan band bo‘lganda, stvolni ko‘rib chiqish va ta’mirlashga, shuningdek, smena davomida kishilarni ko‘chirishga xizmat qiladi. Qiya stvollar kesimi gorizontal lahimlar kesimiga o‘xshashdir. Konveyerlar bilan rudani ko‘tarish uchun 18° gacha qiyalik burchagili konveyerli stvollardan, avtomobillar bilan rudani yuzaga tashish uchun esa 6-8° qiyalik burchagili spiralli tushish yo‘lidan (avtoqiyalikdan) foydalaniladi. Skipli va kletli vertikal stvollar, odatdagidek, dumaloq ko‘ndalang kesimga (4-rasm), qiya stvollar – to‘g‘ri burchakli yoki gumbazsimon ko‘ndalang kesimga (5-rasm) ega bo‘ladi. Konveyerli va avtomobilli qiya stvollar rejadagi ta’mirlash holatlarida yoki asosiy konveyerning avariyali holatlarida yoki bo‘sh avtosamosvallarni er ostiga tushiriladigan zaxira konveyer o‘rnatilgan stvol bilan birlashtiriladi. Asosiy ochuvchi lahimlarda elektr kabellari, siqiq havo va texnologik ehtiyojlar uchun suv berish uchun hamda shaxta suvini yuzaga qaytarish uchun quvurlar yotqiziladi. Ko‘tarish qurilmalaridagi avariyalarda kishilarning yuzaga chiqishi uchun stvollarda zinapoya maydonchasi qilinadi. 5-rasm. Qiya stvol kesimi: 1 – konveyer; 2 – vagonetka. Konni faqat asosiy stvollar bilan qazib olish mumkin emas. Bir yoki bir nechta yordamchi stvollar bo‘lishi lozim, ular quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. Zaxira chiqish joyi, xavfsizlik qoidalari bo‘yicha er osti ishlari olib borilayotgan joylardan kamida ikkita chiqish joylari bo‘lishi lozim. 2. Kon ishlari olib borilayotgan uchastkalarni shamollatish (toza havo berish uchun alohida stvollar va ifloslangan havoni yuzaga berish uchun stvollar). 3. Kishilar va jihozlarni ko‘tarish va tushirish, shuningdek, lahimlar o‘tkazilgandagi bo‘sh jinslarni yuzaga berish uchun. Yirik korxonalarda bunday ishlar hajmi katta bo‘ladi va maxsus stvollar o‘tkazish talab etiladi. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling