3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja: Konning yillik unumdorligi


 Kon ishlarining er yuzasi holatiga ta’siri


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/24
Sana12.09.2023
Hajmi4 Mb.
#1676096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja

2. Kon ishlarining er yuzasi holatiga ta’siri 
Konlarni er ostida qazish natijasida er qobig‘i qatlamida bo‘sh kovaklar 
paydo bo‘ladi. Asta-sekin ular shunchalik kattalashadiki, ularning barqarorligi 
buziladi va ular shipdan o‘pirilgan jinslar bilan to‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan 


o‘pirilish jarayoni uyilgan jinslarning butun qalinligini qamrab oladi va 
o‘pirilish yuqoriga tarqaladi, shundan yuza cho‘kadi va o‘pirilish va surilish 
zonasi deb ataluvchi joy hosil bo‘ladi. Agar rudani qazib olish saqlovchi jinslar 
o‘pirilishi bilan amalga oshsa, bunday rivojlanish juda seziladi.
Sekin cho‘kishda kon ustida er yuzasidagi chuqurlashish – cho‘kish 
muldasi yuzaga keladi. YUzadagi o‘pirilishda o‘pirilish zonasi, surilish zonasi 
yoki alohida o‘pirilish voronkalari hosil bo‘ladi. 
Jinslarning siljishi yaxlitlik buzilmasdan sodir bo‘ladigan yuzadagi 
uchastka surilish zonasi deyiladi, yoriqlar paydo bo‘lishi va yaxlitlik buzilishi 
bilan terrasalar cho‘kishi kuzatiladigan uchastka o‘pirilish zonasi deyiladi. 
YUzada surilish namoyon bo‘lgan nuqtalar haritada cho‘ziqlikka ko‘ndalang 
belgilanadi va qatlamda rudani qazib olish o‘tkazilgan rudali jism chegarasi 
bilan birlashtiriladi. SHu tarzda surilish burchaklari hosil bo‘ladi.
Surilish burchaklarini aniqlash uchun yuza surilishini muntazam kuzatish 
olib boriladi. Kon yuzasida cho‘ziqlikka ko‘ndalang bir nechta chiziqlar 
o‘tkaziladi, bo‘ylamasiga reper (belgi) o‘rnatiladi. Reperlarning (belgilarning) 
bu chiziqlari kuzatuv stansiyasi deyiladi. Davriy ravishda nivelirlash o‘tkaziladi 
va reperlarning (belgilarning) siljishi belgilanadi. Ko‘p yillik kuzatuvlar jinslar 
surilishi va o‘pirilishining burchaklarini aniqlik bilan belgilash imkonini berdi.
Surilish burchaklari ko‘pgina omillarga bog‘liq: jinslar tuzilishi, qatlam 
yotiqlik burchaklari, ishlarning chuqurligi, konni qazish tartibi va b.larga. 
Rasm sifatida o‘rtacha barqaror kvarsitlar uchun Krivorojsk havzasi 
bo‘yicha ma’lumotlarni keltiramiz (3.1-rasm). Ustki yon jinslari surilish 
burchaklari – 60°, ostki yonniki – 75°, qatlamlar cho‘ziqligi bo‘yicha – 80°. 
Ta’kidlash joizki, Krivbassda ancha qiyalama burchaklar (35-45° tartibda) 
ostida qatlamlanishi bo‘yicha ostki yon jinslarining surilishi va o‘pirilishi 
holatlari bo‘lgan.
O‘tirindilarda surilish burchagi, asosan, 45° teng deb olinadi, lekin 
suvlangan o‘tirindilar qatlamga qarab 7° burchakkacha ham surilishi mumkin. 
 
 


3.1-rasm. Tog‘ jinslarining surilishi burchaklari va o‘pirilish zonasi (Krivorojs havzasi): α, α' –
kon cho‘ziqligi bo‘yicha; β, β' – ustki yonda; γ, γ' –ostki yonda. 
CHo‘kish muldasi chegaralarida yuza sekin cho‘kadi va nisbatan uncha katta 
bo‘lmagan chuqurlikka, shuning uchun bu erda vaqtinchalik o‘rnatilgan ayrim 
binolar va inshootlar bo‘lishi mumkin. Biroq, o‘n yillab xizmat qiladigan shaxta 
stvollari va boshqa qurilmalar bo‘lgan yuzalarni hattoki ozgina surilishiga ham 
yo‘l qo‘ymaslik kerak va ularni kon ishlari ta’siri zonalarida qurish mumkin emas. 
SHuning uchun ochish lahimlari doim yuzada kon ishlari ta’siri zonasidan 
tashqarida o‘tkaziladi.
Agar shaxta maydoni juda katta o‘lchamda bo‘lsa, unda ochish 
lahimlarini rudali jism ustiga o‘rnatish mumkin, bunda albatta rudali jismda 
ular ostida teginilmagan uchastkalar – saqlovchi seliklarini qoldirish lozim. 
Saqlovchi seliklar quyidagicha quriladi. CHo‘ziqlikka ko‘ndalang kesimda 
stvol hududida yuzadagi inshootlar uchun zarur bo‘lgan maydon qo‘yiladi, 
so‘ngra avval o‘tirindilarda, so‘ngra tub jinslarda surilish zonasi quriladi. 
Surilish yuzasining rudali jism bilan kesishishi saqlovchi selik bilan 
chegaralanadi (3.6-rasm). Saqlovchi seliklar, odatdagidek, qazib olinmaydi, 
chunki saqlovchi seliklarni qazib olish juda qiyin kechadi. Seliklarni qazib olishda 
ruda talafoti 30-50 % etadi. Saqlovchi seliklarda uzoq muddatga rudaning katta 
zaxiralari, ayniqsa, yirik konlarni qazib olishda, konservatsiyalanadi (saqlanadi).
Biroq, stvolga ehtiyoj sezilmasa va saqlovchi seliklarni qazib olish lozim 
bo‘lsa, unda rudani qazib olish mumkin bo‘ladi.
 
3.2-rasm. Surilish zonasi va saqlovchi seliklarni qurish sxemasi (vertikal kesim): 1 – o‘tirindilar; 
2 – tub jinslar; 3 – rudali jism; 4 – surilish zonasi chegarasi (β – surilish burchagi); 6 – 
kvershlaglar; 7 – asosiy ko‘tarish stvoli; 8 – saqlovchi selik; 9 – ventilyasion stvol. 


 
3.
3
-r
as
m
.Y
er
 os
ti

kon
 is
hl
ar
in

ol
ib
 bo
or
is

na
ti
ja
sid

K
ir
un

sha
hr
i(
Sh
ve
ds
iya)
 mis
ol
id

sur
il
is

zo
na
sin
in

pr
og
no

qi
li
na
yot
ga

rivojl
an
is
hi
.


Buning uchun qazilgan bo‘shliq uyulgan jinslar surilishiga to‘sqinlik 
qiluvchi materiallar bilan yaxshilab to‘ldiriladi.
Foydali qazilmalarni er osti usulida qazib olishni olib boruvchi konlar 
yaqinida shahar qurishda ham kon ishlari ta’siri zonasi rivojlanishini hisobga 
olish lozim. Kon ishlari kengayishi bilan surilish muldasi ortib boradi (5.3-rasm). 
Agar ochiq yuzani saqlash zarur bo‘lsa, bo‘shliqlar quruq to‘lg‘azma 
bilan, ya’ni, foydali komponentlar bo‘lmagan (qum, maydalangan jins, shlak) 
material bilan to‘ldiriladi. Bu saqlovchi jinslar deformatsiyasini kamaytiradi 
va yupqa konlarni qazib olishda o‘pirilishdan asraydi. Katta konlarni qazishda 
quruq to‘lg‘azmani qo‘llash faqat jinslar surilishini sekinlatadi, lekin ularning 
o‘pirilishi va yuza surilishi mumkinligini istisno eta olmaydi, shuning uchun 
konlarni qazishda qazilgan bo‘shliqni saqlovchi jinslarni o‘pirilishdan 
himoyalovchi qotuvchi to‘lg‘azma bilan to‘ldirish tadbiq qilinadi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling