3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja: Konning yillik unumdorligi


Kon yuzadan o‘tkazilgan kvershlagli stvol, shtolnya yoki qiya tushish yo‘li


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/24
Sana12.09.2023
Hajmi4 Mb.
#1676096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja

Kon yuzadan o‘tkazilgan kvershlagli stvol, shtolnya yoki qiya tushish yo‘li 
bilan ochilsa, bu oddiy sxemalar deyiladi. Oddiy sxemalarga quyidagilar kiradi: 
1. Kvershlagli vertikal stvolli, bunda stvol konning ostki yonida, ustki 
yonida yoki yon tomonida joylashishi, shuningdek, rudali jismni kesib o‘tishi 
mumkin. 
2. Konni kesib o‘tgan yoki ostki yondagi qiya stvolli.
3. Joy relefi va rudali jism joylashuviga bog‘liq holda, ostki yonidan 
hamda ustki yonidan o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan shtolnyali. 
4. YUzadan o‘tgan qiya tushish yo‘li. 
Konning yuqori qismi oddiy sxemalardan biri bilan ochiladigan, konni juda 
chuqur qatlamlarda ochishda esa shaxtaning to‘siq stvollar qo‘llaniladigan 
sxemalar aralash sxemalar deyiladi. Ularga quyidagi sxemalar kiradi : 
1. CHuqurlikda to‘siq vertikal stvollarga o‘tadigan yuzadan o‘tgan 
vertikal stvolli. 
2. CHuqurlikda to‘siq qiya stvollarga o‘tadigan yuzadan o‘tgan vertikal


stvolli. 
3. Konning yuqori qismini shtolnyalar bilan va konning shtolnya darajasi 
pastida joylashgan qismini to‘siq qiya stvollar yoki qiya tushish yo‘li bilan 
ochish. 
YUzadan o‘tgan stvollarning va to‘siq stvollarning ko‘pgina turli 
aralashlari mavjud. YUqorida eng ko‘p uchraydiganlari ko‘rsatilgan. 
Ochishning oddiy sxemalari. Vertikal stvollar bilan ochish. 
Asosiy sxema shundan iboratki, bunda asosiy stvol jinslar surilish zonasi 
tashqarisidagi ostki yonga joylashtiriladi (6-rasmga qarang). Rudaning ancha 
qismi konservatsiyalanadigan saqlash seliklarining yo‘qligi bu sxemaning afzalligi 
hisoblanadi.
 
6-rasm. Konning ostki yonida joylashgan vertikal stvollar bilan tik tushgan konni ochish: 1 – 
ventilyasion stvollar; 2 – asosiy vertikal stvol; 3 – tashib chiqaruvchi lahimlar; 4 – surilish 
zonasi chegarasi; 5 – kvershlaglar. 
Kamchiligi – chuqur qatlamlarda kvershlaglarning juda uzunligi, ba’zan esa 
yuzaga yaqin qatlamlarda, agar konning yotiqlik burchagi tik bo‘lmasa. Biroq, 
konning ostki yonida joylashgan vertikal stvol bilan ochish sxemasining 
afzalliklari kamchiliklaridan ustunlik qiladi, shuning uchun u asosiy, ko‘p 
tarqalgan sxema hisoblanadi. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling