3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja: Konning yillik unumdorligi


SHaxtaning asosiy stvolini jinslar surilishi zonasi tashqarisidagi ustki yonga


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/24
Sana12.09.2023
Hajmi4 Mb.
#1676096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja

SHaxtaning asosiy stvolini jinslar surilishi zonasi tashqarisidagi ustki yonga 
joylashtirish ham mumkin, lekin bunday sxema kam qo‘llaniladi, chunki oldingisi 
bilan taqqoslaganda bu sxemada qator kamchiliklar mavjud, bular quyidagilar: 
1. Kvershlaglarning jamlanma uzunligi katta bo‘ladi. 
2. Birinchi kvershlag juda uzun bo‘ladi, bu konni foydalanishga kiritishni 


kechiktiradi. 
3. Kon joylashuvi chuqurligining ozgina oshishi, oldingi tavsiya etilgan 
bilan taqqoslaganda shunga olib keladiki, jinslar siljishi zonasi stvolni qamrab 
oladi. 
Surilish zonasi orqasidagi jinslar ustki yondagi stvol joylashuviga quyilib 
keladi, agar bu alohida sabablar bilan (ostki yonda suv havzasi, daryo yoki 
yuzaning tog‘li relefi mavjudligi) yuzaga kelgan bo‘lsa. Ba’zan stvol ustki 
yondan o‘tadi, bu shuning uchunki, u erda boyitish fabrikasi joylashgan bo‘ladi, 
qaysiki rudani tashish zarur bo‘lmaydi.
3.7-rasm. Ustki yonda joylashgan vertikal stvollar bilan qiyalama konni ochish: 1 – ventilyasion 
stvollar; 2 – asosiy vertikal stvol; 3 – kvershlaglar; 4 – saqlovchi selik; 5 – ortlar. 
Asosiy stvol kon chuqurligini kesib o‘tib, ustki yonda joylashishi mumkin 
(3.7-rasm). 
Bunday joylashuvning asosiy kamchiligi – saqlovchi seliklarni qoldirish 
zarurligi. Qatlamning qiyalama yotiqligida, qalinligi kamligida va katta 
uzunligida ushbu sxema ishlatiladi. Bunda saqlovchi selikda rudaning umumiy 
zaxiralaridan uncha ko‘p bo‘lmagan miqdori qoladi. SHuni hisobga olish 
lozimki, agar stvol odatdagi sxema bo‘yicha ostki yonda joylashgan bo‘lsa, 
unda qatlamning qiyalama yotiqligida kvershlaglar juda uzun bo‘ladi.
Nihoyat, asosiy stvol konning yon tomonida, jinslar surilishi zonasidan 
tashqarida joylashishi mumkin. Bu holatda ruda tashish masofasi boshqa 
barcha ko‘rib o‘tilganlarga (stvol rudali jism og‘irligi markaziga qarshi emas, 
balki yon tomonlardan birida joylashgan) qaraganda uzun bo‘ladi. Bu 
sxemadan uncha katta bo‘lmagan uzunlikdagi (bir necha yuz metrdan bir 
kilometrgacha) konlarni qazishda foydalaniladi. Ventilyasion stvollar konning 
yon tomoniga, asosiy stvol joylashgan joyga qarama-qarshi joylashtiriladi va 
ikkita stvol mavjudligida qazib olish olib boriladi.
Boshqa barcha sxemalarda asosiy va yordamchi stvollar soni kamida uchta 
bo‘ladi. 



Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling