2. Rudani yuzaga tashish sharoitlari va mavjud bo‘lgan kirish yo‘llari
joylashuvi. Mavjud bo‘lgan kirish yo‘llari yaqinida stvollarni joylashtirish
maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin.
3. Boyitish fabrikalari joylashuvi. Skiplardan
bevosita rudani fabrika
bunkeriga yuklash uchun (qo‘shimcha transportsiz va yuzada qaytadan
yuklashsiz) stvolni boyitish fabrikalari yaqiniga joylashtirish maqbuldir.
4. Stvol joylashuvi joyida daryo yoki suv havzalari mavjudligi.
5. Stvol kesib o‘tadigan jinslar xususiyati.
Stvol kovlab borilgunicha
uning o‘qi bo‘ylab quduq burg‘ilanadi, va agar bu joyda kovlab borishni
qiyinlashtiruvchi jinslar, masalan, quyuq oqovalar bo‘lsa, unda stvolni
maqbul
jinslar mavjud joyga ko‘chirgan yaxshiroq.
6. YUzada qurilishlar mavjudligi. Ba’zan inshootlarni buzish emas,
balki shaxta stvolini boshqa joyga ko‘chirish
iqtisodiy tomondan maqsadga
muvofiqdir.
5. Ruda konlarini ochish sxemasi va navbati (ketma-ketligi)
Ochish sxemalari ochish lahimlarining soni, vazifasi va o‘zaro
joylashuvi
bilan belgilanadi. Ularga quyidagi talablar qo‘yiladi:
• mexanik ko‘tarilish bilan jihozlangan kamida ikkita yuzaga chiqish
joylari mavjudligi;
• butun konni va er osti lahimlarini alohida
ishonchli hamda samarali
shamollatish;
• konning berilgan yillik unumdorligini ta’minlash;
• ochishga eng kam xarajatlar;
• ochuvchi kon lahimlarining eng kichik hajmi;
• saqlovchi seliklarda rudaning eng kam talafoti;
• kon xo‘jaligini davriy yangilash imkoniyati;
• konning sanoat maydonini texnik qulay va iqtisodiy maqbul
joylashtirish.
Ochish sxemalari oddiy va aralash turlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: