Asosiy, tayyorlov va qirqma lahimlar
Asosiy kon lahimlariga konlarni ochishda o‘tkazilgan
lahimlar va qavat
yoki konni qazishning butun qazib olish muddati davomida foydalanishda bo‘lgan
asosiy lahimlar kiardi. Bu lahimlar o‘tkazilishi asosiy xarajatlar manbasi bo‘yicha
moliyalashtiriladi va xarajatlar ochish lozim bo‘lgan konning yoki uning bir
qismining ruda zaxiralariga kiradi.
Asosiy kon lahimlari quyidagilardir: shaxta stvollari, shurflar, shtolnyalar,
stvol oldi qo‘ralari lahimlari, kvershlaglar, turli vazifali kameralar, asosiy ruda
tushirgichlar, liftlar uchun ko‘tarmalar, asosiy tashib
chiqarish shtreklari va
ulardan 10 m.gacha kertiklar, drenaj lahimlari, to‘lg‘azmali, ventilyasion, suv
chiqarib
tashlash lahimlari, kabellar, suv qaytarish,
gazsizlantirish uchun
quduqlar va b.lar.
Tayyorlov lahimlariga alohida uchastkalarni qazish ishlariga tayyorlash
uchun kon ochilgandan so‘ng o‘tkaziladigan lahimlar kiradi, bular quyidagilar:
asosiy hisoblanmagan tashib chiqaruvchi shtreklar va ortlar; blokli ko‘tarmalar
va ruda tushirgichlar; foydalanishli aniqlash lahimlari.
Qirqma lahimlarga bloklar chegaralarida o‘tkaziladigan va qazish ishlarini
olib borish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan lahimlar kiradi. Rudani etkazish yoki
quduqlarni burg‘ilash uchun xizmat qiladigan oraliq
qavat shtreklari va ortlari,
kesik ko‘tarmalar, bloklarni ostdan ochish lahimlari, rudani chiqarish uchun
duchkalar qirqma lahimlar hisoblanadi.
Tayyorgarlik turli darajalarining ruda zaxiralari bilan
ta’minlanganligi
Tayyorgarlik darajasi bo‘yicha
ruda zaxiralari ochish, tayyorlangan va
qazib olishga tayyor zaxiralarga bo‘linadi.
Ochish lahimlari bilan ularni ostdan ochish sathidan (darajasidan) yuqori
ruda zaxiralari, ochish zaxiralari deyiladi.
Barcha asosiy lahimlar
o‘tkazilgandan so‘ng zaxiralar ochish turiga kiradi.
Barcha tayyorlov lahimlari o‘tkazilgan bloklardagi ruda zaxiralari,
tayyorlangan zaxiralar deyiladi.
Qazib olishga tayyor ruda zaxiralari qirqma lahimlar o‘tgan va qazish
ishlarini boshlash imkoniyati mavjud bloklarda joylashgan bo‘ladi.
Korxonaning me’yoriy ishlashi uchun barcha
toifadagi zaxiralarning
belgilangan darajasini doimiy saqlab turish lozim. SHaxta stvollari,
kvershlaglar va asosiy shtreklarning o‘z vaqtida kovlab borishini nazorat qilish
yo‘li bilan ochilgan zaxiralar tiklanishi kuzatiladi. Bu qiyin emas,
chunki
banday lahimlar kam darajada.
Bloklarning o‘z vaqtida tayyorlanishi va qirqish tayyorlanganlar bilan
konning haqiqiy ta’minlanganligi va qazib olishga zaxiralar bilan konning
me’yoriy ta’minlanganligini taqqoslash orqali nazorat qilinadi.