3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja: Konning yillik unumdorligi
QAZISHNING TURLI TIZIMLARI UCHUN QAVAT BALANDLIGI
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja
QAZISHNING TURLI TIZIMLARI UCHUN QAVAT BALANDLIGI
Qazib olish tizimining nomlanishi Qavat balandligi, m Madanlarni kameralarda to`plash 40-60 60-250 Gorizontal qatlamni to`ldirish 30-50 Qavat ostida qulash 30-60 60-12 Qavatdali qulatish 60-100 va undan yuqori Qavat balandligi oshishi bilan rudani ko‘tarishga, suv chiqarib tashlashga, qazish joylariga materiallarni etkazishga, ko‘tarmalar bo‘ylab kishilarning yurishiga, ko‘tarmalarni o‘tkazishga va ta’mirlashga xarajatlar oshib boradi. Kvershlaglar, stvol oldi va tashib chiqarish lahimlarini o‘tkazishga asosiy xarajatlar esa qavatlar oshishi bilan, aksincha, kamayib boradi. Qavat balandligi oshishiga intilishlar kuzatilmoqda. Bu rudani maydalash va etkazish usullari takomillashuvi bilan bog‘liq: zamonaviy jihozlar qavatning yuqori balandligida bloklarni qazib olish imkonini beradi. Asosiy tashib chiqarish qatlamida lahimlar kompleksi yanada murakkab va qimmat bo‘laveradi, shuning uchun 1 t rudaga xarajatlarni kamaytirish uchun yaxshisi qavat balandligini oshirgan ma’qul. Konsentratsiyalashgan qatlamlarni yaratish amaliyotga keng tarqalmoqda. Konni ochishda odatdagidek, keng tarqalgan qavat balandligi 60 yoki 80 m qabul qilinadi, lekin, birdaniga 2-3 qavatlar, ba’zan 4-5 qavatlar ochiladi. Barcha qazib olingan ruda ruda tushirgichlar bo‘ylab pastki qatlamga tushiriladi va bu konsentratsion qatlam deyiladi. Konsentratsion qatlamlardan rudani etkazish va tashishning bir vaqtda bo‘ladigan mustaqil ishini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi. Konsentratsion qatlamlarga ruda yuqorida joylashgan oraliq qavatlardan tushiriladi (3.21-rasm). 3.21-rasm. Konsentratsion qatlamlar bilan ruda konlarini ochish va tayyorlash sxemasi: 1 – konsentratsion qatlamlar; 2 – oraliq qatlamlar; 3 – ruda tushirgichlar; 4 – ruda ko‘targich stvol; 5 – bunker; 6 – dozator; 7 – oraliq qatlamlarga xizmat ko‘rsatish uchun yordamchi to‘siq stvol. Stvolga rudani tashish faqat konsentratsion qatlamlar bo‘ylab amalga oshiriladi, ular o‘rtasida joylashgan oraliq qavat qatlamlari qazish bloklarini tayyorlash, yordamchi transport (kishilar, materiallar va jihozlar ni tashish), shamollatish va kabellarni va quvurlarni yotqizish uchun xizmat qiladi. Transportli konsentratsion qatlam, odatda, 2-4, ba’zan undan ko‘p qavatlarga xizmat qiladi. Xizmat muddati ancha uzoq, bu qatlamni mustahkam jihozlash imkonini beradi. Oraliq qatlamlarda lahimlarning jamlanma uzunligi va kesimi, odatda, transport qatlamlarinikiga qaraganda kam bo‘ladi. Konsentratsion qatlamgaeltuvchi ruda tushirgichlar rudali jism bo‘ylab yoki undan bevosita yaqinlikdan o‘tadi. Bitta ruda tushirgich blokn ing bir qismiga (masalan, bitta yoki ikkita etkazish lahimlariga), butun blokka yoki bloklar guruhiga xizmat qilishi mumkin. Mexanizatsiyalangan etkazish uzunligini qisqartirish uchun, odatda, ular mahkamlanmaydi va tarmoqlanishi mumkin. Ruda tushirgichlar etkazish va tashish jarayonlari o‘rtasida bunkerli sig‘im bo‘lib xizmat qiladi, ularda rudali massani qo‘shimcha maydalash va uning sifatini o‘rtalashtirish sodir bo‘ladi. Qavat uzunligi bo‘yicha ko‘tarmalar yordamida qazib olish bloklariga bo‘linadi. Ko‘tarmalar blokning balandligi bo‘yicha turli sathlarda joylashgan tayyorlov-qirqish va qazish lahimlariga kirishni ta’minlaydi. YOnma-yon qavatlarning qazish bloklari o‘rtasidagi chegaralar gorizontal yoki qiya bo‘ladi (3.22-rasm). Ular mos keluvchi qavatlardan birqancha yuqorida joylashgan, chunki blokning osti (vaqtinchalik selik), odatda, pastda joylashgan blok zaxiralari bilan birga qazib olinadi. 3.22-rasm Tik va qiya qatlamlarni qavatlarga bo‘lish sxemasi: 1 – tashib chiqaruvchi shtrek; 2 – tashib chiqarish qatlamlari; 3 –qazish bloklari chegarasi; 4 – qazib olinadigan bo‘sh jinslar; 5 – rudaning yo‘qotiladigan uchastkasi; h e – qavat balandligi vertikal; h en –qavat balandligi qiya; h –vertikal bo‘yicha qavat balandligi; h 1 – yotiqlikka normal bo‘yicha blok balandligi. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling