3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja: Konning yillik unumdorligi


Rudali tayyorlov quyidagi afzalliklarga ega


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/24
Sana12.09.2023
Hajmi4 Mb.
#1676096
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja

Rudali tayyorlov quyidagi afzalliklarga ega: 
• ruda zaxiralarini oldindan aniqlash; 
• yo‘ldosh (qo‘shimcha) qazib olinadigan rudani sotish (amalga oshirish) 
hisobiga lahimlarni o‘tkazishga xarajatlarning kamligi; 
• tayyorlov lahimlari umumiy hajmi kamligi, chunki ular qazish 
bloklariga juda yaqin o‘tkazilgan. 
Rudali tayyorlov kamchiliklariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
• qazish ishlari ta’siri zonasida tayyorlov lahimlarini o‘tkazish 
(masalan, ular yaqinida portlashli maydalash o‘tkaziladi), bu ularni 
saqlashga xarajatlar oshishini talab etadi; 
• rudali tayyorlov lahimlari atrofida to‘suvchi seliklarni qoldirish, 
qaysiki umuman qazib olinmaydi yoki rudaning katta talafoti bilan qazib 
olinadi. 
Jinsli tayyorlov uyulgan jinslar o‘pirilishi bilan rudani qazib olishdagi ayrim 
holatlarda qo‘llaniladi (3.18-rasm). Ushbu tayyorlovning afzalliklari 
quyidagilar: 
• tayyorlov lahimlarini qazish ishlaridan uzoqda joylashishi va natijada 
ularning yaxshi saqlanishi; 
• seliklarda ruda talafoti kamligi; 
• lahimlarni transportning nisbatan tez harakatini ta’minlovchi ancha 
to‘g‘ri chiziqli trassalashtirish. 
Jinsli tayyorlov kamchiliklariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
• rudali jismga munosib lahimlar mavjudligidan tayyorlovning umumiy 
hajmi kattaligi; 
• ulardan rudani yo‘ldosh (qo‘shimcha) qazib olish yo‘qligidan lahimlarni 
o‘tkazishga xarajatlarning oshishi. 
Aralash tayyorlov rudali va jinsli tayyorlovni taqqoslash bo‘yicha o‘zining 
moslanuvchanligi bois konlarni qazib olishda eng ko‘p tarqalgan. U ularning 
afzalliklari va kamchiliklarini o‘z ichiga oladi. 
3.18. Ruda konlarini qazib olishda qatlamlarni tayyorlash sxemalari 
Dastlab kon shaxta maydonlariga bo‘linadi. Yirik konlarda shaxta 
maydoni va ruda zaxiralari o‘lchamlari shundayki, unda keyingi qazish uchun 
uni yanada mayda uchastkalarga bo‘lish lozim bo‘ladi. 
Ruda konlarini keyingi tayyorlovi konni vertikal bo‘ylab qatlamlarga 
(qavatlar yoki panellarga) bo‘lishni va alohida qazish bloklarini qirqishni o‘z 
ichiga oladi. 


 
3.18-rasm. Gorizontal qatlamli konning panellarga va ustunlarga bo‘linishi: 1 – ortlar; 2 – 
asosiy stvol; 3 – panellar; 4 – ventilyasion stvollar. 
Tayyorlov keyingi qazish ishlarini olib borish qulay bo‘lgan, shaxta 
maydonini qismlarga bo‘ladigan transport va ventilyasion lahimlarni 
o‘tkazishdan. 
Qatlamlarni tayyorlash shaxta maydonini uchastkalarga bo‘lishdan iborat, 
so‘ngra uning chegarasida tayyorlov-qirqish lahimlari o‘tkaziladi va qazish 
ishlari olib boriladi. 
Gorizontal va qiya konlar shtreklar bilan panellarga bo‘linadi (3.19-rasm). 
Qiya, tik qiya va tik yotiqli konlar qavatlarga bo‘linadi ( 3.17, 3.19-rasm). 
 
3.19-rasm. Tik yotiqli konning qavatlar va bloklarga bo‘linishi: 1 – bloklar; 2 – qavatlar. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling