3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja: Konning yillik unumdorligi


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/24
Sana12.09.2023
Hajmi4 Mb.
#1676096
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja

Qavatli tayyorlash 
Tik tushuvchi konlarni qavatlarga va bloklarga bo‘lish. 
Tik va qiya qatlamlar gorizontal tayyorlov lahimlari bilan (shtreklar va 
ortlar bilan) uzunligi cho‘ziqligi bo‘yicha shaxta maydoniga mos keladigan 
qavatlarga va bloklarga bo‘linadi. Blok quyidagilari bilan tavsiflanadi: 
o‘lchamlari (uzunligi, kengligi, balandligi, m), zaxiralari bilan (ming.t.) va 
qazib olish hajmi bilan (t./sut. yoki ming.t./oyda); yirik konlarni qazib 
olishda – uzun tomoni yo‘nalishi bilan (cho‘ziqligi yoki cho‘ziqlikka ko‘ndalang 
bo‘yicha). Blok uzunligi, odatdagidek, yoki blok chegarasida ruda tashish 
sharoitlari bilan yoki rudani qazib olish jarayonida blokda hosil bo‘ladigan 
kamera-bo‘shliq barqarorligi bilan belgilanadi. Rudani skreperli etkazishda 
blokning maqbul uzunligi 50 m yaqinni tashkil etadi. 
Agar rudani etkazish uchun o‘ziyurar yuklash-etkazish mashinalari 
qo‘llanilsa, bloklar uzunligi bir necha yuz metrga oshiriladi. Blokning maqbul 
uzunligini, shaxta maydonining maqbul o‘lchamlari kabi, texnik-iqtisodiy 
taqqoslash yo‘li bilan aniqlash mumkin. 
Qavat balandligi – qavatni chegaralovchi shtreklar o‘rtasidagi vertikal 
bo‘yicha masofa. Odatda, u 30-40 dan 80-100 m gacha chegaralarda o‘zgaradi, 
lekin, ba’zan 200-250 m. etadi. Balandlikni tanlashga turli omillar ta’sir 
ko‘rsatadi. Eng avvalo geologik sharoitlar. 
Agar kon joylashuvning saqlovchi elementlariga ega bo‘lsa (shakli, 
o‘lchamlari, va yotiqlik burchagi ko‘p yoki kam doimiy), unda ancha baland 
qavatni qabul qilish mumkin. Aksincha, agar bu elementlar keskin o‘zgarsa, 
unda bunday barcha o‘zgarishlarni anglab olish va konni etarlicha to‘liq qazib 
olish uchun qavat balandligini kamaytirish lozim.
Konni qazish jadalligi va yangi qavatni ochish va tayyorlash uchun zarur 
bo‘lgan vaqt ham qavat balandligini tanlashga ta’sir etadi, chunki bitta qavatni 
qazib olishga ketgan vaqt oralig‘ida yangi qavatni ochish va tayyorlashga 
ulgurish lozim. Odatda, kon ishlari 20-25 m/yil.ga pasayadi va bunda qavatni 
qazish muddati 3 yilga yaqinni tashkil etadi. Bu muddatda yangi qavatni ochish va 


tayyorlash shaxta stvolini chuqurlatish, kvershlaglar va shtreklarni kovlab borish 
bo‘yicha ishlarni aniq tashkil qilishni talab qiladi. SHu nuqtai nazardan qavat 
balandligini oshirish maqsadga muvofiqdir, chunki buuning qazib olish muddatini 
oshiradi, shunga ko‘ra, yangi qavat ochilishi va tayyorlanishi lozim bo‘lgan vaqt 
davomiyligini ham oshiradi. Vaqtning kuchaygan balansida 2-3 va undan ortiq 
qavatlarni ochishga hamda bir vaqtning o‘zida tayyorlashga o‘tiladi.
Qavat balandligini tanlashda loyihada qabul qilingan qazish tizimi 
muhim rol o‘ynaydi. Qazishning ayrim tizimlarida ruda qazib olinadigan qazish 
joyi blokda pastdan yuqoriga siljitiladi. Kishilar ko‘tarmalarda o‘rnatilgan 
zinapoyalar bo‘ylab qazish joyiga tushadilar. Yuqori balandlikka zinapoyalar 
bo‘ylab siljish kishini charchatadi, shuning uchun ushbu sharoitlarda qavat 
balandligi nisbatan uncha yuqori emas (30-50 m). Qazishning boshqa tizimlarida 
ruda qazib olishni olib borayotgan ishchilar faqat blokning pastki qismida yoki 
oraliq qavatlarning bir nechta oraliqlarida joylashadilar, bu erda qavat balandligi 
60 - 100 m va undan yuqori bo‘lishi mumkin. Agar barcha oraliq qavatlarda 
o‘ziyurar jihozlar va qiya tushish yo‘llaridan foydalanilsa, unda qazish tizimi 
qavat balandligiga ta’sir etmaydi. 
Qazishning turli tizimlari uchun qavat balandligi 3.1-jadvalda keltirilgan 
miqdorlar (kattaliklar) bilan tavsiflanadi. 
3.1-jadval

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling