3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja: Konning yillik unumdorligi
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja
Panelli tayyorlash Qiyalama va gorizontal ruda qatlamlarida shaxta maydoni asosiy va panelli shtreklar yordamida maydonlar bo‘ylab panellarga bo‘linadi (3.20-rasm). Asosiy va panelli shtreklar rudali hamda jinsli bo‘lishi mumkin. Jinsli tayyorlashda qachonki asosiy transport lahimlarini qatlam asosi bo‘ylab o‘tkazish mumkin bo‘lmaganda, qatlam asosining noto‘g‘ri shakli ishga solinadi. 3.20-rasm. Qiyalama qatlamlarning panellarga va bloklarga bo‘lish sxemasi: 1 – panel; 2 – blok; 3 – blokli ko‘tarmalar (vosstayuщie) va ruda tushirgichlar; 4 – ventilyasion stvol; 5 – panelli tashib chiqaruvchi shtrek; 6 – asosiy tashib chiqaruvchi shtrek; 7 –yordamchi stvol; 8 – ruda ko‘targich stvol; b p – panel kengligi. Tayyorlashning panelli-kamerali sxemasi ikki xildagi ko‘rinishga ega: kamerali asosiy shtreklar o‘rtasida yoki panelli shtreklar o‘rtasida joylashgan bo‘lishi mumkin. Ventilyasion shtreklar kamera o‘qi bo‘ylab o‘tkaziladi. Panelli-ustunli tayyorlovda panelli shtreklardan panelni ustunlarga bo‘luvchi qazish shtreklari o‘tkaziladi. Panellar o‘lchamlari, birinchidan, shaxta maydonining shakli va o‘lchamlari bilan, ikkinchidan, qazish tizimining qabul qilingan o‘lchamlari bilan aniqlanadi. Kameralar uzunligi 200-300m dan birnecha kilometrlarni tashkil etadi. Konlarda, ko‘pincha, asosiy tashib chiqarish va panelli shtreklardan foydalaniladi, ammo ba’zan esa ushbu shtreklardan har biri tutashmalar bilan birlashtirilgan ajralib turgan tashib chiqarish va ventilyasiya shtreklaridan tuzilgan juftliklar hosil qilinadi. Panellar kengligi panelli shtreklar o‘rtasidagi masofaga mos keladi va 50 dan 200 gacha va hattoki 300 m.gacha o‘zgarib turadi. Panellar uzunligi asosiy shtreklar o‘rtasidagi masofaga teng va 200-300 m dan 1000-1500 m. gachani tashkil etadi. Panellar yaxlit qazib olishli hamda qazish kameralariga bo‘lish bilan qazib olinadi. Qatlamni tayyorlash sxemasi transportning mos keluvchi turida asosiy tayyorlov lahimlarini o‘tkazish turini, joylashuvini va tartibini oldindan belgilab beradi. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling