3-4- mavzu: Amir Temur va Temuriylar davlatchiligi tarixi


 Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi va markazlashgan davlat tuzishi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana19.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1367099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
3-mavzu (1)

1. Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi va markazlashgan davlat tuzishi. 
Movarounnahrdagi siyosiy tarqoqlik. O‘zbekiston davlatchiligi tarixining o‘rta asrlar davridagi yangi 
bosqichi buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur ibn Tarag‘ay Bahodir nomi bilan bog‘liqdir. Amir 
Temur 1336 yil 8 aprelda (hijriy 376yil, sha’bon oyining 25 kunida) Kesh tumaniga qarashli Xo‘ja Ilg‘or (hoz. 
Qashqadaryo viloyati, YAkkabog‘ tumani) qishlog‘ida barlos beklaridan biri Amir Tarag‘ay Bahodir ibn 
Barqal oilasida dunyoga keldi. Temurning bolaligi va o‘spirinlik yillari Kesh va uning atroflarida o‘tib, 
mahalliy amirlar, no‘yonlar va beklarning o‘zaro urushlari, nizolariga to‘g‘ri keldi. 
Ma’lumki, XIV asrning 40-yillariga kelib CHig‘atoy davlati parchalanib, davlatning Sharqiy qismi-
Sharqiy Turkiston va Ettisuvni o‘z ichiga olgan Mug‘uliston davlati tashkil topadi. CHig‘atoy ulusida 
nisbatan barqarorlikni saqlay olgan Qozonxon (1336-1347yy.) o‘limidan keyin davlat hududlari 
parchalinish, iqtisodiy vayronlik sari yuz tutib, Amir Qozog‘on (1347-1357yy.) davrida bu jarayon yanada 
avj oladi. 1348 yilda CHig‘atoy avlodlaridan bo‘lgan Tug‘luq Temur Mug‘uliston taxtiga o‘tiradi. U CHig‘atoy 
ulusidagi siyosiy parokandalikka barham berish va Movarounnahrni bosib olish maqsadida bu hududlarga 
bir necha bor talonchilik urushlari olib boradi. Xususan Tug‘luq Temur 1360 yilda Kesh viloyatini bosib 
oladi. bu viloyatning hokimi bo‘lgan Temurning amakisi Hoji Barlos Xurosonga qochadi. Manbalarning 
ma’lumot berishicha, Amir Temur Amudaryo bo‘yida amakisini kuzatar ekan amakisiga shunday murojaat 


qiladi: “Agar ikkovimiz ham vatanni tark etsak, merosiy yurtimiz shubhasiz begonalar qo‘liga o‘tib ketadi. 
Lozim topsangiz men podshoh (Tug‘luq Temurxon) xizmatiga borsam.” 
Amir Temur merosiy yurtni qo‘ldan bermaslik maqsadida Tug‘luq Temur ishonchini qozonib (Amir 
Hoji Sayfiddin yordamida) uning xizmatiga o‘tadi va Kesh viloyatining hokimi etib tayinlanadi. Ammo, 
Tug‘luq Temur o‘g‘li Ilyosxo‘jani Movarounnahrning hokimi etib tayinlangach Amir Temur unga xizmat 
qilishdan bosh tortib, Balx hokimi, Amir Qozog‘onning nabirasi Amir Husayn bilan ittifoq tuzadi. O‘sha 
davrdagi vaziyat taqozosi bilan Temur Movarounnahrni tark etishga majbur bo‘lib, Husayn bilan ittifoq 
tuzgan edi. 1361-1370 yillar davomida Amir Temur va Amir Husayn dastlab do‘stona, keyin esa 
dushmanchilik munosabatda bo‘ldilar. 
1363 yilda Mug‘uliston hokimi Tug‘luq Temur vafot etgach Ilyosxo‘ja Movarounnahrdan haydaladi. 
Ammo, ko‘p o‘tmasdan Movarounnahr ustiga yangidan yurishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi va 1365 yilda 
katta qo‘shin bilan Sirdaryo tomonga yo‘lga chiqadi. Bundan xabar topgan Husayn va Temur harbiy 
kuchlarini jangga tayyorlaydilar. Birlashgan kuchlar va Tug‘luq Temur qo‘shinlari o‘rtasidagi jang 1365 yil 
22 mayda CHinoz va Toshkent oralig‘ida qattiq yog‘ingarchilik paytida bo‘ladi va tarixda “Loy jangi” (“Jangi 
loy”) nomini oladi. Bu jangda Temur va Husayn kelishib harakat qilmaganliklari oqibatida ularning 
birlashgan qo‘shini mag‘lubiyatga uchraydi. Ayrim manbalar bu mag‘lubiyatning sababini Amir 
Husaynning sust va mayoqsizlik bilan harakat qilishi deb izohlaydi. Temurning o‘zi esa bu kabi holatlarni 
Husaynning hasadgo‘yligida deb biladi. Xususan “Temur tuzuklari”da Amir Temur va Amir Husaynning 
do‘stona munosabatlarini buzilishiga Husaynning molparastligi va hasadchiligi sabab bo‘lganligi 
ta’kidlanadi. “Amir Husayn bilan murosayu-madora qilishga shunchalik intildimki, hatto uning amirlariga 
ham bu ta’sir etib, menga bo‘ysundilar.” 
“Loy jangi” mag‘lubiyatidan so‘ng Husayn va Temur Balxga chekinadilar. O‘z holicha tashlab 
qo‘yilgan Movarounnahr aholisi yana Ilyosxo‘ja boshliq mug‘ullar zarbasiga uchrash xavfi ostida qoladi. 
Bunday sharoitda Samarqanddagi sarbadorlar “Ozodlik yo‘lida dorga osilishga tayyormiz” shiori ostida 
(sarbador-forscha, boshi dorda) mug‘ullarga qarshi kurash uchun butun xalqni da’vat etdilar. 
Sarbadarlar harakati XIV asrning 30-yillarida Xurosonda (Afg‘onistonning shimoli-g‘arbi, Marv vohasi 
va Eronning shimoli-Sharqiy qismi) paydo bo‘lib, bu hududlardagi mug‘ullar hukmronligi barham beradilar 
va markazi Sabzavor shahri bo‘lgan Sarbadorlar davlatiga (1337-1381 yy.) asos soladilar Sarbadorlar 
harakati XIV asrning 50-60-yillarida ijtimoiy-siyosiy harakat sifatida Movarounnahrga ham yoyiladi va 
uning markazi Samarqand edi. Sarbadorlarning harakatlantiruvchi kuchlari madrasa toliblari, shayxlar
umuman, oddiy aholidan iborat edi. Harakat qatnashchilarining asosiy maqsadi mug‘ul istilochilari va zulm 
o‘tqazuvchi mahalliy qatlamlarga qarshi kurash edi.
Xurosonda bo‘lgani kabi Samarqandda ham bu kurash harakatlantiruvchi kuchlari tarkibi bir xil edi. 
Ilyosxo‘ja qo‘shinlari Samarqandga yo‘l olib uni qamal qilganlarida sarbadorlar mudofaani tashkil qildilar. 
Mudofaaga madrasa mudarrisi Mavlonzoda, hunarmand Abu Bakr Kalaviy, mergan Xurdaki Buxoriylar 
boshchilik qiladilar. SHaharni osonlikcha egallashni rejalashtirgan mug‘ullarning bir necha hujumlari 
muvafaqqiyatsiz chiqqach, ular shahar atrofini o‘rab olib, uzoq vaqt qamal qilish rejasini ishlab chiqadilar. 
Ammo, Ilyosxo‘ja lashkari safida yuqumli kasallik (ot vabosi) tarqalishi natijasida u dastlab Samarqandni, 
keyin esa Movarounnahrni tashlab ketishga majbur bo‘ladi. 
Bu paytda Keshda bo‘lgan Amir Temur Ilyosxo‘janing mag‘lubiyati haqidagi xabarni Amir Husaynga 
etkazadi va ular 1366 yilning bahorida Samarqandga etib keladilar. Samarqand atrofidagi Konigil mavzeida 
qo‘zg‘olon rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Amir Husaynning buyrug‘i bilan bu erda 
sarbadorlarning boshliqlari va aftidan, faol ishtirokchilari qatl etiladi. Temurning aralashuvi bilan faqat 
Mavlanzoda omon qoldirilib, Xurosonga jo‘natiladi. Mu’iniddin Natanziy ma’lumotlariga asoslangan A. 
Ziyoning fikricha, sarbadorlar g‘alabasidan so‘ng samarqandliklar Mavlonzoda itoatiga o‘tib “uni imom va 
amir (sifatida) qabul qilganlar”. YA’ni, Samarqandda ham diniy, ham siysiy hokimiyat Mavlonzoda qo‘liga 
o‘tgan. Uning bu “imomligi va amirligi” Samarqandning o‘zida deyarli bir yil davom etgan. SHu bois ham 


Amir Husayn sarbadorlar harakatining boshliqlari va faollarini omon qoldirmasligi aniq edi. Amir Husayn 
uchun o‘z siyosiy raqiblarini zaiflashtirish va mavridi kelsa ulardan qutulish siyosati nechog‘lik muhim 
bo‘lganini Konigil voqeasidan so‘ng yuz bergan jarayon orqali ham bilib olish mumkin. 
1366-1370 yillar Amir Temur va Amir Husayn o‘rtasidagi ziddiyatlar kuchayib, bu kurash Husayinning 
o‘ldirilishi bilan yakun topdi. 1370 yil 9 aprel chorshanba kuni o‘z davrining nufuzli amirlaridan bo‘lgan 
SHayx Muxammad suldo‘z, Kayxisrav Xuttaloniy, O‘ljoytu apardi, Dovud dug‘lot, Sarbug‘o jaloyir, Joku 
barlos, Muayyad dug‘lot, Badaxshon hokimi SHayx Muxammad, Husayn bahodir, Sayyid Baraka, termezlik 
aka-uka sayyidlar Abu Maoliy va Ali Akbar kabilar huzurida Amir Tumr hokimiyati tan olindi. 
Movarounnahrning amaldagi xonligi CHingizxon avlodiga mansub bo‘lgan Suyurg‘atmish qo‘liga o‘tdi. 
Davlat boshqaruv tizimi esa Movarounnahr amiri nomini olgan Amir Temur qo‘lida qoldi. Temur Kesh 
shahridan Samarqandga ko‘chib, uni o‘z davlatining poytaxtiga aylantirdi. Zero, “Boburnoma” da 
ma’lumot berilishicha, “Mug‘ul va turk ulusi uni Semizkand derlar. Temurbek poytaxt qilur edi. 
Temurbekdin burun Temurbekdek ulug‘ podshoh Samarqandni poytaxt qilgan emastur”. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling