3-Amaliy mashg‘ulot. Mavzu: O‘qitishda to‘g'ri tanlangan ilmiy terminologiya hamda tushunchalarni o‘zlashtirish metodlari va texnologiyalari. Termin tanlashning ilmiy pedagogik prinsiplari


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana17.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1548314
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 mavzu O‘qitishda to‘g\'ri tanlangan ilmiy terminologiya

2-savol. Aniq fanlar va soha terminologiyasining o’rganilishi. 
Ma’lumki, milliy madaniy merosimiz bo‘lgan o‘zbek tilining qayta tarkib 
topishiga, amaldagi qo‘llanilish doirasini kengaytirish va uni to‘g‘ri o‘zlashtirish kabi 
masalalariga oid salmoqli ishlar bajarilgan. Ularning salmog‘i: 80 dan ortiq fan 
nomzodligi, 20 dan ziyod fan doktorligiga oid lingvistik va pedagogik asoslardagi 
tadqiqoit ishlari, lug‘at va ilmiy axborotnomalar yaratildi. Shu jumladan aniq 
fanlarlardan o‘zbek milliy terminshunosligiga bag‘ishlangan bir qancha mualliflarning 
e’tiborga loyiq ishlarbor. Masalan: 
J. 
Ikromov 
matematika 
terminlogiyasi va tushunchalar to‘g‘risidagi turkum tadqiqotlari, R. Doniyorovning 
«O‘zbek tilining ilmiy texnikaviy terminlari tarixidan» va shu muallifning boshqa 
asarlari, A. Abdumalikovning «Chizmachilikdan terminologik lug‘at-spravochnik» va 
boshqa sohalarga tegishli ko‘plab o‘zbek ilmiy terminologik asarlar. Ularda berilgan 
ilmiy asosda ishlab chiqilgan qimmatli ma’lumtolarni, ya’ni, umumilmiy hisoblangan 
tushuncha va terminlar qatorini bevosita aynan chizma geometriya va chizmachilikni 
o‘qitishda ulardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki 
umumilmiy tushunchalar mazmunining hajmining kengligi tufayli ularni o‘quvchilarga 
o‘zlashtirilish jarayoni bir necha bosqichlardan iborat bodadi. Masalan, nuqta, to‘g‘ri 
chiziq, koordinata tushunchalarini shakllantirishda allaqachon matematika kursi orqali 
o‘zlashtirilgan, ularning matematik nuqtai nazardagi ta’rifini chizmachilik kursini 
o‘rganish davomida sayqallashtirib, bularni rivojantirish bo‘yicha faoliyat olib boriladi, 
geografiya fanidagi masshtab, gorizont va shu kabi boshqa tushunchalarning ham 
o‘zlashtirilishi huddi shundaydir. Demak, fanlararo aloqalardan tushunchalarni to‘g‘ri 


shakllantirilishini va o‘zlashtirilishini yo‘lga qo‘yishda yuqorida keltirilgan ishlardan 
samarali foydalanish kifoyadir. 
Bu bilan: 
- tushunchaninig mantiqiy va psixo-fiziologik xususiyatlarini, uning shakllanish 
yodlarini va ta’limdagi o‘rnini soha nuqtai nazaridan o‘rganib chiqish va tegishli 
xulosalar hosil qilish; 
- o‘quvchilarda tushunchalarning shakllanish jarayonini, usullarini va samarali 
o‘zlashtirilishini ta’minlovchi shart-sharoitlarni o‘rganish; 
- chizma geometriya va chizmachilik tushunchalarini ZTT asosida shakllantirish 
hamda o‘zlashtirish tizimini ishlab chiqish va uni ilmiy-nazariy va pedagogik-amaliy 
asoslash; 
-Mazkur fanning termin va tushunchalarini samarali o‘zlashtirilishiga qulay 
bo‘lgan ta’lim jarayonini tashkil etishning shakllari, yo‘llari va metodlarini aniqlash. 
Shuningdek quyidagi vazifarni amalga oshirish lozim bo’ladi. 
- tadqiqot uchun manba bo‘lgan termin va tushunchalarning majmuasini aniqlash; 
- chizma geometriya va chizmachilikning mazkur tushunchalarining mazmunini 
yoritish va maqsadga muvofiq holda o‘quv lug‘at (so‘rovnoma) yaratish; 


3-savol. O’qitishda ilmiy tushunchalarni shakllantirishning ahamiyati. 
Tilimizdagi mavjud so‘zlar, atamalar, terminlar ma’nolarining kengayishi va 
torayishi, ma’nolarning o‘sishi, ma’no ko‘chishi tarzda ro‘y beradi. Ular qanday tarzda 
ro‘y berishidan qat’iy nazar, bilish jarayonining boshlangdch bosqichi hisoblangan, 
idrok etishning tovush asosidagi ma’lumot bodib, bilish jarayonida bilim manbai 
hisoblanadi. Idrok va tafakkur qilish jarayonlarida ilmiy va amaliy ahamiyatlarga ega 
bodgan tegishli tushunchalar hosil bodishida ishtirok etadi. 
O‘quvchilarda ilmiy tushunchalar tizimining shakllanishi-ular tomonidan ilmiy 
bilimlar tizimini egallashning muhim ilmiy elementlaridan biridir. Har bir o‘quv fani 
o‘zaro bogdangan asosiy ilmiy tushunchalar tizimidan tashkil topgandir, 
o‘quvchilarning fan bo‘yicha toda bilimlarining sifati tushunchalarning qanday va 
qanchalik o‘zlashtirilganligidan kelib chiqadi. 
Demak, chizma geometriya va chizmachilik kursini odganish uchun uning 
mazmunini egallash lozim. Chizma geometriya va chizmachilik kursining mazmunini 
esa, asosan, chizmaning proeksion mohiyatini qamrab oluvchi turli xil tushunchalar, 
qisqartma va qoidalar to‘plami hisoblangan YeSKD (Konstruktorlik hujjatlarining 
yagona tizimi) standartlari tashkil etadi. 
Tushunchalarni o‘zlashtirmasdan turib qonun va nazariyalarning o‘zlashtirilishi 
haqida so‘z bodishi ham mumkin emas. Tushunchalarni egallash o‘quvchilarning tahlil 
va sintez, solishtirish va taqqoslash, mavhumlashtirish va umumlashtirish kabi amallar 
bajarish orqali faol aqliy faoliyatlari bilan bogdiq. Biron bir fikrni tushunchalar bilan 
amallar bmajarmay turib ifodalashning iloji yo‘q. Shuning uchun o‘quvchilarda 
shakllantirilayotgan tushunchalar ular tomonidan qanchalik yaxshi o‘zlashtirilsa, ularda 
muhokama, xulosa tuzish shunchalik yengillashadi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, bayon etilgan fikrlar bilan tushunchalarning 
shakllanishidagi munosabat chegaralanib qolmaydi. O‘quvchilarning terminologik 
bilimi o‘qituvchi uchun o‘quvchilarga o‘quv materialini ilmiy tilda bayon etishga imkon 
beradi. Boshqacha ta’riflaganda, didaktikaning ilmiylik prinsipini amalga oshishining 
omilidir. 
Ta’limda tushunchalar rivojlanishning o’ziga xos hususiyatlari. 


Ta’lim jarayonida tushunchalarning rivojlanishi bilan fandagi rivojlanishida bir 
qancha umumiy jihatlari, shuningdek, mohiyatan farqlari mavjud. 
Fandagi singari ta’limda tushunchalarning shakllanishi va rivojlanishi dialektik 
ziddiyatli, murakkab jarayondan iborat. O‘quvchilar tushunchalarni darhol 
o‘zlashtirmaydi, balki asta-sekinlik bilan uning mazmunini, hajmini, boshqa 
tushunchalar bilan aloqasini bilib boradi. 
Tushunchalarni o‘zlashtirish o‘rnatilgan ilmiy va yangi faktlarni tushuntirishga 
yetarli bodmagan, mayjud tushunchalar bazasi o‘rtasidagi hosil bodgan ziddiyatni 
yengib odish asnosida amalga oshiriladi. 
Fanda (ilmiy bilishda) tushunchalarning hosil bodishi va rivojlanishi - olimlarning 
ijodiy izlanishlarining mahsulidir. Ta’limda esa o‘quvchilarda tushunchalarning 
shakllanishi o‘qituvchi rahbarligi ostida sodir bodadi. Bu o‘qituvchining o‘quv dasturi 
bilan, o‘quv qodlanma va ta’lim nazariyasi va amaliyotining holati bilan aniqlanadigan, 
maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati natijasining mahsulidir. 
Ilmiy bilishda tushunchalarning hosil bodishi va rivojlanishi- ongning ob’ektiv 
dunyoni chuqurroq anglashdagi, uzoq jarayon davom etadigan rivojlanishining 
natijasidir, bilishning bir qancha bosqichining yigdndisidir. Ta’lim jarayonida esa, 
o‘quvchilarda fanning tarkibiga kirgan va qat’iy tasdiqlangan, insonlarning ilmiy va 
amaliy faoliyatlarida keng qodlaniluvchi tushunchalarning shakllanishi yuz beradi. Bu 
jarayonda ham tushunchaning rivojlanashi sodir bodadi, ammo u faqat o‘quvchilarning 
ongidagina sodir bodadi, bu yerda yangilik elenmenti sub’ektiv xarakterga egadir. 
Ilmiy bilishda tushunchalar yordamida ongimizda aks etuvchi narsa va 
hodisalarning ham hossalarini ajratish- o‘nlab olimlar, ba’zida esa, turli xil mamlakat 
olimlari avlodining ijodiy faoliyatidir. O‘quvchilar esa tushnchalarni ta’lim 
muassasalarida o‘qish davrida o‘zlashtirishadi. 
Fanda tushunchalaming hosil bo‘lish va rivojlanish manbai- o‘rnatilgan yangi 
tushunchalar bilan mavjud eski tushunchalar apparati o‘rtasidagi ziddiyat, yangi 
ochilgan, o‘rnatilgan faktlarni tushuntirishga bilimlarning yetishmasligidir. 
O‘quvchilarda esa quyidagi omilarning ta’sirida sodir bo‘ladi: 
- maktabda fanlar asosini o‘rganishda o‘qituvchi rahbarligida maqsadga 
yo‘naltirilgan tushunchalarni shakllantirish jarayonida; 


- tushunchalarning «tabiiy» shakllanishi, ilmiy-ommabop adabiyotlarni o‘qish, 
radio va televidinie orqali dasturlarni eshitish va filmlarni ko‘rish. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling