3-Amaliy mashg‘ulot. Mavzu: O‘qitishda to‘g'ri tanlangan ilmiy terminologiya hamda tushunchalarni o‘zlashtirish metodlari va texnologiyalari. Termin tanlashning ilmiy pedagogik prinsiplari
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
3 mavzu O‘qitishda to‘g\'ri tanlangan ilmiy terminologiya
Termin tanlashning ilmiy pedagogik prinsiplari. Chizmachilik va chizma geometriya fanining o‘qitilishida umumta’lim maktablaridan boshlab orada kasb-hunar kollejlari, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisligi hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonlarigacha bodgan uzoq yodni bosib odadi. Bunda uning uzviyligi va uzliksizligini ta’minlash kabi dolzarb masalalar qatorida fanning terminologik tizimi ham asosiy rolni o‘ynaydi. Ma’lumki, boshqa fan va sohalarda ro‘y berayotgan kamchiliklar, chalkashliklar, xatoliklar va o‘zbek tili qoidalariga zid o‘rinlar chizmachilik va chizma geometriya fani mazmuni hamda ta’lim jarayonida ham uchramoqda. Bunday har xillilik va chalkashliklar ta’lim jarayoni sifatiga salbiy ta’sir qilmay qolmaydi, bilimlarni o‘zlashtirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Darslik va qodlanmalarda, tarjima asarlarida chizmachilik va chizma geometriya tushunchalarini ifoda qilishda ma’lum muvaffaqiyatlar bodishiga qaramasdan bir qator muammolar ham mavjud, ya’ni ayni bir tushunchani ifoda qilishda turli terminlardan foydalanilmoqda, ular ichida esa so‘z o‘zlashtirish, nusxa ko‘chirish (kalka) erkin tarjima qilish tamoillari ishlab chiqilmagan, ayrim asarlarda o‘zbek tili qonun-qoidalariga mos kelmaydigan o‘rinlar ham qayd qilinmoqdaki, bularning barchasi ta’lim ishida, ayniqsa hozirgi davrda o‘quvchilar va talabalarining kafolatli bilim olishida, aniq tasavvur hosil qilishida, malaka va ko‘nikmalarni egallashlarida shu fanning tayanch tushunchalarini belgilash, ularni tushunish, ta’lim samaradorligini ta’minlash, talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda jiddiy qiyinchilik tug‘dirmoqda. Ma’lumki har bir hodisaning mohiyatini bilishda to‘g‘ri tanlangan termin muhim rol o‘ynaydi. SHuningdek tayanch tushunchalardan foydalanilgan holda talabalarga mustaqil o‘rganiladigan mavzularini metodik jihatdan ta'minlashda ham ilmiy-amaliy jihatdan terminning shakllantirilishi yana ham ahamiyati katta. Taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida barcha ta'lim bosqichlarida o‘quvchi va talabalarni mustaqil bilim olishga tayyorlash dolzarb masala bo‘lib turibdi, chunki yaqin o‘tmishda bu muhim tadbirga jiddiy munosabatda bo‘lingan emas, balki masalaning mohiyati tadqiqotchilar nazaridan chetda qolib kelmoqda. SHundan xulosa qilish mumkinki, chizmachilik va chizma geometriyadagi tayanch tushunchalarni ifoda qiluvchi tarminlarni ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilish kun tartibidagi masala bo‘lib turibdi. Demak, bugungi kunda mavjud darslik, qo‘llanma va o‘quv materiallaridagi chizmachilik va chizma-geometriya terminlarini tahlil qilish va unda yuz berayotgan kamchiliklarni aniqlab, tushuncha ifodalashda qulaylik beradigan terminlarni belgilash kerak bo‘ladi. Bu maktab kasb -hunar kollej o‘quvchilari va talabalarning chizmachilik tushunchalarini yaxshiroq o‘zlashtirishda qulaylik beradigan terminlar tizimini yaratish demakdir. Bunday masalalarning hal qilinishi quyidagi vazifalarni bajarish bilan belgilanadi. YA'ni: o‘zbek tilidagi chizmachilik va chizma-geometriyaga oid terminlarni to‘plash, qodlanishda bo‘lgan terminlarni aniqlash; bu terminlarning leksik-grammatik va semantik xususiyatlarini aniqlash, ularni tematik gruhlarga ajratish; o‘zbek tili chizmachilik terminologiyasining shakllanish va boyib borish xususiyatlarini; chizmachilik va chizma geometriya terminlarining ushbu fan uchun xususiy va boshqa yondosh fanlar uchun ham umumiyligini tahlil qilish; aniqlangan terminlarning tarkibiy xususiyatlarini tahlil qilish; darslik va qodlanmalardagi ayni bir tushunchani anglatadigan turli terminlarning qodlanilish o‘rinlarini belgilash; tushuncha ifodalashda qiyinchilik tug‘dirayotgan omillami aniqlash, chizmachilik terminologiyasidagi mavjud kamchiliklarni termin qo‘llashdagi xar xillikning asosiy sabablarini aniqlash chizmachilik va chizma geometriya terminologiyasini o‘rganish va uni unifikatsiyalash, tanlangan muammoning chuqurroq va ke ngroq talqin etilishi, pedagogik nuqtai nazardan o‘rganilishi hozirgi dolzarb masalalar hisoblanadi. Chizmachilik va chizma geometriya barcha injenerlik, texnik va tabiiy fanlaming kaliti. (S.A.Frolov,M.V.Pokrovskaya. V roiskax nachala. Rasskazi o nachertatelnoy geometrii MN. Vbish. SHkola, 1985 god. 7-str). Chizma geometriya fanini yaratgan fransuz olimi va injeneri Gospar Monjning ta’biri bilan aytganda - Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling