3-Amaliy mashg‘ulot. Mavzu: O‘qitishda to‘g'ri tanlangan ilmiy terminologiya hamda tushunchalarni o‘zlashtirish metodlari va texnologiyalari. Termin tanlashning ilmiy pedagogik prinsiplari
chizma dunyodagi barcha millatlar uchun tushunarli til, ya’ni “texnika tili”
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
3 mavzu O‘qitishda to‘g\'ri tanlangan ilmiy terminologiya
chizma dunyodagi barcha millatlar uchun tushunarli til, ya’ni “texnika tili”.
Chizma geometriya mashhur rus olimi V.I.Kudryumovning ta’rificha “texnika tilining gramattikasi ” ekanligi ayon. Chizmachilik fan sifatida umumiy o‘rta ta’lim va oliy maktab o‘quv rejalaridan XX asr boshlaridan rasmiy o‘rin egallab kelmoqda. Dastlab barcha darslik va o‘quv qo‘llanmalar rus tilidan tarjima qilingan bo‘lsa, keyingi davrda o‘zbek mualliflarining asarlari ham ko‘plab nashr qilina boshladiki, bu o‘zbek chizmachilik va chizma geometriyasi fanining tarkib topishi, uning rivojlanishiga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi. Bu davrda mazkur soha tushunchalari va terminologik tizimi ham shakllandi, lekin mavjud darslik va qo‘llanmalarda, tarjima asarlarida chizmachilik va chizma geometriya tushunchalarini ifoda qilishda ma’lum muvaffaqiyatlar bo‘lishiga qaramasdan bir qator muammolar ham mavjud, ya’ni ayni bir tushunchani ifoda qilishda turli terminlardan foydalanilmoqda, ular ichida esa so‘z o‘zlashtirish, nusxa ko‘chirish (kalka) erkin tarjima qilish tamoillari ishlab chiqilmagan, ayrim asarlarda o‘zbek tili qonun- qoidalariga mos kelmaydigan o‘rinlar ham qayd qilinmoqdaki, bularning barchasi ta’lim ishida kafolatli bilim olishda, aniq tasavvur hosil qilishda, malaka va ko‘nikmalarni egallashda, ta’lim samaradorligini ta’minlashda jiddiy qiyinchilik tug‘dirmoqda. Demak, chizmachilik tayanch tushunchalarni ifoda qiluvchi terminlarni ilmiy- metodik jihatdan tahlil qilish kun tartibidagi masaladir. SHu nuqtai nazardan yondoshilganda bu fanlaming terminologiyasini o‘rganish, uni tartibga solish- hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Chizmachilik fan sifatida umumiy o‘rta ta’lim va oliy maktab o‘quv rejalaridan XX asr boshlaridan rasmiy o‘rin egallab kelmoqda. Dastlab barcha darslik va o‘quv qo‘llanmalar rus tilidan tarjima qilingan bo‘lsa, keyingi davrda o‘zbek mualliflarining asarlari ham ko‘plab nashr qilina boshladiki, bu o‘zbek chizmachilik va chizma geometriyasi fanining tarkib topishi, uning rivojlanishiga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi. Bu davrda mazkur soha tushunchalari va terminologik tizimi ham shakllandi, lekin mavjud darslik va qo‘llanmalarda, tarjima asarlarida chizmachilik va chizma geometriya tushunchalarini ifoda qilishda ma’lum muvaffaqiyatlar bo‘lishiga qaramasdan bir qator muammolar ham mavjud, ya’ni ayni bir tushunchani ifoda qilishda turli terminlardan foydalanilmoqda, ular ichida esa so‘z o‘zlashtirish, nusxa ko‘chirish (kalka) erkin tarjima qilish tamoillari ishlab chiqilmagan, ayrim asarlarda o‘zbek tili qonun- qoidalariga mos kelmaydigan o‘rinlar ham qayd qilinmoqdaki, bularning barchasi ta’lim ishida kafo latli bilim olishda, aniq tasavvur hosil qilishda, malaka va ko‘nikmalarni egallashda, ta’lim samaradorligini ta’minlashda jiddiy qiyinchilik tug‘dirmoqda. Chizma geometriya chizmachilik uchun fizika, matematika, mehnat fanlari bilan bog‘lovchi vosita bo‘lib, geometrik masalalarni echishda qo‘l kelmoqda. Ayniqsa, uning usullari mashinasozlik, mexanika, arxitektura, optika, geodeziya, topografiya, kartografiya va boshqa sohalarda keng foydalanilmoqda. Chizmalarsiz fanda, ishlab chiqarishda va turmushda insonni qamrab olgan mashinalar, asboblar, inshoatlar, ko‘p sonli texnikani bilib olish va ularning tuzilishini modellashtirib bo‘lmaydi. Muayyan davrda insonning grafikaviy savodi ob’ektlarni obrazli grafikaviy modellari bilan baholangan bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib fazoviy va boshqa masalalarning echish usulini ob’ektlarning abstrakt - simvolik shakldagi modellari bilan ish ko‘rish uquviga ustinlik berilmoqda. “Hozirgi zamon moddiy ishlab chiqarish sharoitida informatsiya vositalarining ko‘lami va belgili tarkibini sifat jihatdan o‘zgartirish ehtiyoji sezilmoqda. Tanlangan belgilaming shakli, tasvirlanadigan ob’ektning xususiyati va munosabatlarini maksimal ravishda aks ettira olish va halqaro masshtabda sistemali ravishda takomillashtirilmog‘i lozim” (A.Umronxo‘jaev. Maktabda Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling