3-Amaliy mashg‘ulot. Mavzu: O‘qitishda to‘g'ri tanlangan ilmiy terminologiya hamda tushunchalarni o‘zlashtirish metodlari va texnologiyalari. Termin tanlashning ilmiy pedagogik prinsiplari
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
3 mavzu O‘qitishda to‘g\'ri tanlangan ilmiy terminologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning jihozi
3-Amaliy mashg‘ulot. MAVZU: O‘qitishda to‘g'ri tanlangan ilmiy terminologiya hamda tushunchalarni o‘zlashtirish metodlari va texnologiyalari. Termin tanlashning ilmiy pedagogik prinsiplari. O‘quv mashg`ulotining maqsadi: Talabalarga o‘qitishda to‘g'ri tanlangan ilmiy terminologiya hamda tushunchalarni o‘zlashtirish metodlari va texnologiyalari, termin tanlashning ilmiy pedagogik prinsiplarini tushuntirish. Darsning jihozi: Kompyuter, proyektor, ko’rgazmali materiallar, doskada ishlash uchun chizma qurollari, format qog’oz, tarqatmali materiallar Vizual amaliy materiallar O‘qitishda to‘g'ri tanlangan ilmiy terminologiya hamda tushunchalarni o‘zlashtirish metodlari va texnologiyalari. Shaxs kasbiy ta’lim jarayonida chinakam mutaxassis bo‘lib shakllanishi, avvalo, uning tegishli sohalarga oid bilimni qanchalik mustahkam egallashiga bog‘liqdir. Turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlashtiriladigan kasbiy bilimning muhim qismi kasbiy terminlar haqidagi bilimlardan iborat [1]. Albatta, o‘qituvchi, bo‘lajak yosh mutaxassislar o‘z kasbiy sohasiga oid terminlarning mazmunini turli lug‘atlar [3], o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar [2] yordamida o‘rganilishini tashkil etishi mumkin. Am mo bunday an’anaviy yondashuv ko‘pincha ta’lim oluvchilarni motivlashtirish va qiziqtirish, ularni ijodiy faollikka undash nuqtai nazaridan o‘zini oqlamaydi. Bu yerda o‘qitishning o‘ziga xos innovatsion usullarini qo‘llash talab etiladi. Mazkur ma’ruza tezisida bir qator chizmachilik terminlari misolida shunday usullarning biri xususida mulohaza yuritiladi. Ma’lumki, “termin” deganda fan, texnika, kasb-hunarning biror sohasiga xos muayyan bir tushunchaning aniq va barqaror ifodasi bo‘lgan so‘z yoki so‘z birikma tushuniladi [8,73-b.]. Har qanday boshqa so‘z kabi terminlarning ham, albatta, o‘z etimologiyasi, ya’ni til birligi sifatida kelib chiqish tarixi mavjud. Bizningcha, ushbu holatdan terminlar mazmuni bilan tanishishda foydalanish va bu bilan o‘qitish samaradorligini oshirishi mumkin. Buni texnologik jihatdan tashkil etishning usullaridan biri sifatida biz quyidagicha tasavvur qilamiz: 1) ta’lim oluvchilarga muayyan terminning o‘zi va uning ma’nosi alohida tarqatma materialda taqdim etiladi [3]; 2) tarqatma material asosini tashkil etuvchi maxsus jadvalning alohida ustunida o‘rganilayotgan terminlarning etimologik asosi bo‘lgan birliklar [4,5,6,7] aralash tartibda keltiriladi va ta’lim oluvchiga tegishli termin ma’nosidan kelib chiqqan holda ularni tartiblash vazifasi beriladi; 3) ta’lim oluvchidan tegishli etimologik asosning muayyan terminga taalluqli, deb hisoblanishi qanday izohlanishini tushuntirib berish so‘raladi. Keltirilgan algoritm asosida pedagogik ish uchun tarqatma material vazifasini bajaruvchi jadval quyidagicha ko‘rinishda bodishi mumkin: Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling