3-laboratoriya mashg’uloti: Na’matak o’simligining mevasi tarkibidagi askorbin kislota miqdorini aniqlash
Download 55.11 Kb.
|
3 laboratoriya mashg’uloti Na’matak o’simligining mevasi tarkibidagi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli xomashyo va reaktivlar
- Ishning borishi
3-laboratoriya mashg’uloti: Na’matak o’simligining mevasi tarkibidagi askorbin kislota miqdorini aniqlash Oziq-ovqat mahsulotlarida askorbin kislotasini aniqlash ovqat bilan organizmga kirgan C vitaminining miqdorini bilish uchun zarur hisoblanadi. C vitaminini Tilmans usuli bo’yicha miqdoriy aniqlash askorbin kislotasining degigidroaskorbin kislotaga oksidlanishi va 2,6-dixlorfenolindofenolning rangsiz birikma 4-gidroksifenil-4-gidroksi-3,5-dixlorfenilaminga qaytarish reaksiysiga asoslangan: C vitamini kislotali muhitda ko’proq turg’un bo’ladi, shuning uchun askorbin kislotani miqdoriy jihatdan aniqlash uchun uni 2,6-dixlorfenolindofenol bilan kislotali muhitda titrlanadi va bunda bo’yoq qaytarilib rangsizlanadi. Ekstraktdagi barcha askorbin kislotasi oksidlangandan so’ng bo’yoq qaytarilmaydi va uning ortiqcha miqdori eritmaga pushti rang beradi (2,6-dixlorfenolindofenol kislotali muhitda pushti rangli bo’ladi, ishqoriy muhitda esa ko’k rangga kiradi). Rangning o’zgarishiga qarab, C vitaminning oksidlanishiga sarf bo’lgan reaktiv miqdori bo’yicha tekshirilayotgan mahsulotdagi C vitamini miqdori aniqlanadi. Kerakli xomashyo va reaktivlar: na’matak mevasi, 2% li HCI eritmasi, 0,001 n 2,6-dixlorfenolindofenolning natriyli tuzi eritmasi Kerakli jihozlar: analitik tarozi, chinni hovoncha, maydalangan shisha kukuni, shisha tayoqcha, filtr qog’oz, voronkalar, 10 ml li byuretka, mikrobyuretka 25,50 va 100 ml li kolbalar, pipetkalar, stakanlar. Ishning borishi: Na’matakning quritilgan mevasidan 1 g tarozida tortib olib, chinni hovonchada shisha kukunlari yrdamida yaxshilab eziladi va xlorid kislotaning 2% li eritmasidan 5 ml qo’shib ezishni yana davom ettiriladi. Keyin aralashmani ehtiyotlik bilan voronka yordamida 25 ml li o’lchov kolbasiga quyiladi. Chinni hovoncha distillangan suv yordamida yuviladi va u ham kolbaga quyiladi. Kolbadagi aralashmaning ustiga o’lchov chizig’igacha distillangan suv qo’shiladi. 10-15 minut o’tgach, kolbadagi aralashma yaxshilab chayqatilib, qog’oz filtr yordamida filtrlab olinadi. Filtrat C vitamining manbai hisoblanadi. Filtratdan 3 ta konussimon kolbachaga 2 ml dan quyib olinadi va ularning har biriga xlorid kislotaning 2 % li eritmasidan 8 ml qo’shib, byuretkadagi 0,001N li 2,6-dixlorfenolindofenolning natriyli tuzi eritmasi bilan pushti rang hosil bo’lguncha titrlanadi (rang taxminan 30 soniya saqlanadi), titrlash jarayoni 2 minutdan oshmasligi kerak. Titrlash natijalari yozilib, o’rtacha arifmetik miqdori aniqlanadi va 100 g mahsulotga nisbatan hisoblab chiqariladi. Bunda 2,6 – dixlorfenolindofenolnig natriyli tuzi 0,001 N li eritmasining 1 ml 0,088 mg askorbin kislotasiga to’g’ri kelishiga asoslanib (askorbin kislotasining nisbiy molekulyar massasi 176 ga, uning gramm ekvivalenti esa 88 ga teng), hisoblash quyidagi formula bo’yicha bajariladi:
Bunda: X – 100 g na’matak mevasi tarkibidagi askorbin kislotasining miqdori (mg hisobida); Download 55.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling