Metinon va vikasolga xos sifat reaksiyalar
Kerakli asbob va idishlar: shtativ, probirkalar, pipetkalar.
Reaktivlar: metinonning spirtdagi 0,25% li eritmasi, vikasolning 0,05% li eritmasi, anilin, sisteinning 0,025% li eritmasi, natriy gidroksidning 10% li eritmasi.
tajriba. Anilin bilan qilinadigan reaksiya
Ishning bajarilishi
5 tomchi 0,25% li metinonning spirtli eritmasi yoki 0,05% li vikasol erimasidan olib, unga 2 tomchi anilin qo’shiladi va chayqatiladi. Suyuqlik qizil rangga kiradi.
2-tajriba. Sistein bilan qilinadigan reaksiya
5 tomchi 0,05% li vikasol eritmasiga 5 tomchi 0.025% li sistein eritmasidan qo’shiladi, uning ustiga 1 tomchi 10 % li o’yuvchi natriy qo’shiladi. Suyuqlik limon sarigʻi rangiga kiradi.
Suvda eruvchi vitaminlar
B1 vitamin ( tiamin, aneyrin, anevrin)
B1 vitamin kimyoviy tuzilishi jihatidan ikkita geterosiklik halqalar- pirimidin va tiazol halqalarning metilen guruhi yordamida bogʻlanishidan hosil boʻlgan birikma bo’lganligi uchun tiamin deb nom berilgan.
B1 vitamin suvda eriydigan oq kristall modda. U yog’larda va yogʻ erituvchilarida erimaydi. Kislotali eritmalari 1200C gacha qizdirishga chidamli. Lekin neytral va ishqoriy sharoitda parchalanadi. Oksidlovchilar ta’sirida koʻk fluoressensiyaga ega boʻlgan tioxrom nomli birikmaga aylanadi. Bu reaksiyadan tiaminni miqdoriy jihatdan aniqlashda foydalaniladi. B vitaminning pirofosfat efiri tiamin pirofosfat uglevod almashinuvida pirouzum kislotaning oksidlanish yoʻli bilan dekarboksillanishida muhim rol oʻynaydi. Bu reaksiya ayniqsa nerv to’qimasida katta ahamiyatga ega. Shu sabali bu vitamin avitaminozda nerv toʻqimasida pirouzum kislotani oz miqdori keskin koʻpayib ketib, nerv mediatori atsetilxolinning sintezi izdan chiqadi. B1 vataminga sutkalik talab 1,5-2 mg.
Tiamin xamirturushda, turli donlarda, tozalanmagan guruchda, yeryongʻoqda, kartoshkada, nonda, sabzavotlarda, jigarda koʻp boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |