D guruh vitaminlariga xos sifat reaksiyalari
Kerakli asbob va idishlar: shtativ, probirkalar, pipetkalar, gaz gorelkasi yoki spirt lampa.
Reaktivlar: baliq moyi, bromning xloroformdagi eritmasi, 1:60 nisbatdagi anilin reaktivi.
1-tajriba. Kalsiferolga bromxloroform bilan qilinadigan reaksiya
Ishning bajarilishi
a) quruq probirkaga 2-3 tomchi baliq moyi va 3-4 tomchi bromning xloroformdagi (1:60) eritmasi qo’shiladi. Suyuqlik yashil-havo rang tusga kiradi.
2-tajriba. Quruq probirkaga 1 tomchi baliq moyi va 5 tomchi xloroform quyib, aralashtirib turgan holda 1 tomchi anilin reaktividan (15 qism anilin+1qism konsentrlangan HCl) tomizib, qizdiriladi. Hosil boʻlgan sariq emulsiya qizil rangga kiradi.
E vitamin ( koʻpayish vitamini - tokoferol)
E vitamin – tokoferol, yunoncha tokos- avlod, nasl, fero- tashiyman soʻzlaridan olingan boʻlib, bu nomni birinchi marta Evans va Emersonlar bergan. Kimyoviy tuzilishi jihatdan trimetilgidroxinonning toʻyinmagan spirt-fitol bilan kondensasiyasidan hosil boʻlgan mahsulot deb qarash mumkin.
E vitamin moysimon modda boʻlib yogʻda va organik erituvchilarda (spirt, efir, petroley efirida) eriydi. Tokoferollar kislorod va yuqori harorat ta’siriga chidamli, lekin ultrabinafsha nur va kuchli oksidlovchilar ( KMnO4, HNO3 va boshqalar) ta’sirida parchalanib ketadi.
E vitamin antioksidant ( oksidlanishni sekinlatuvchi) sifatida ta’sir etib, koʻp biologik aktiv moddalarni parchalanishdan saqlab qoladi. Bundan tashqari toʻqimalardan kaliy ionini yuvilishdan saqlaydi. Bu vitamin yetishmasa, erkak va urgʻochi hayvonlarning jinsiy organlarida patologik oʻzgarishlar yuz beradi. Nasl rivojlanmaydi. Mushaklar distrofiyaga uchraydi va zaiflashadi. Bu vitaminga sutkalik talab 30 mg.
Tokoferollar hayvon va oʻsimlik mahsulotlarida, ayniqsa oʻsimlik moylari (60-280 mg), tuxum, sariyogʻ, goʻsht va boshqalarda keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |