a - 2,6 – dixlorfenolindofenol eritmasining titrlashga sarf bo’lgan ml hajmi;
0,88 - 2,6 – dixlorfenolindofenolnig natriyli tuzi 0,001 N li eritmasining 1 ml ga teng keladigan askorbin kislotasining mg dagi miqdori;
b – na’matak ekstraktining ml dagi umumiy miqdori;
100-100g mahsulot uchun olingan hisob koeffisienti
c - olingan na’matakning g dagi miqdori;
d-titrlash uchun olingan ekstraktning ml dagi miqdori.
Hisoblash natijasida 100 g xomashyodagi C vitaminining mg dagi miqdori aniqlanadi.
Vitaminlarga xos sifat reaksiyalar
A vitaminga xos sifat reaksiyalari
Kerakli asbob va idishlar: shtativ, probirkalar, pipetkalar.
Reaktivlar: baliq moyi, surma(III)-xloridning xloroformdagi to’yingan eritmasi, sirka angidrid, xloroform, konsentrlangan sulfat kislota, A vitaminning xloroformdagi 0,05% li eritmasi, temir (II)- sulfatning sirka kislotadagi toʻyingan eritmasi.
tajriba. Surma (III)- xlorid bilan qilinadigan reaksiya
Quruq probirkaga 2-3 tomchi baliq moyi tomizib, 4-5 tomchi SbCL3 ning xloroformdagi toʻyingan eritmasidan qo’shiladi. Aralashma koʻk rangga boʻyaladi, sekin-asta pushti- binafsha rangga oʻtadi. Agar probirka nam boʻlsa, suvni yoʻqotish uchun 1-2 tomchi sirka angidrid qoʻshish mumkin.
2-tajriba. Sulfat kislota bilan qilinadigan reaksiya
1 tomchi baliq moyi 4-5 tomchi xloroformda eritiladi va 1 tomchi konsentrlangan sulfat kislota tomiziladi. Aralashma koʻk rangga kirib, tezda qoramtir-qizil rangga oʻtadi.
Bu reaksiya konsentrlangan sulfat kislota A vitamindan suv tortib olishi hisobiga turli xil rangli modda hosil qilishiga asoslangan.
3-tajriba. Temir (II)- sulfat bilan qilinadigan reaksiya
1-2 tomchi toza baliq moyi yoki A vitaminning 0,05% li xloroformdagi eritmasidan olib, 5-10 tomchi FeSO4 ning muz-sirka kislotadagi toʻyingan eritmasidan tomiziladi, unga 1-2 tomchi konsentrlangan sulfat kislota qoʻshiladi. Aralashma koʻk rangga kirib, sekin-asta pushti – qizil rangga oʻtadi. Karotinlar bu reaksiyada yashil rang beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |