3-laboratoriya mashg’uloti: Na’matak o’simligining mevasi tarkibidagi askorbin kislota miqdorini aniqlash


E vitaminga xos sifat reaksiyalar


Download 55.11 Kb.
bet4/6
Sana04.02.2023
Hajmi55.11 Kb.
#1162823
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 laboratoriya mashg’uloti Na’matak o’simligining mevasi tarkibidagi (1)

E vitaminga xos sifat reaksiyalar
Kerakli asbob va idishlar: shtativ, probirkalar, pipetkalar, shisha tayoqcha.
Reaktivlar: α- tokoferolning spirtdagi 0,1% li eritmasi, temir (III)- xloridning 1% li eritmasi, konsentrlangan nitrat kislota.

  1. tajriba. Temir (III)- xlorid bilan qilinadigan reaksiya

Ishning bajarilishi
Quruq probirkaga 4-5 tomchi α- tokoferolning 0,1% li spirtli eritmasidan quyib, 0,5 ml 1% li FeCl3 eritmasidan qoʻshiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma qizil rangga kiradi. Bu vaqtda tokoferol temir (III)- xlorid ta’sirida oksidlanib, qizil rangli tokoferilxinonga aylanadi:


2-tajriba. Konsentrlangan nitrat kislota bilan qilinadigan reaksiya


Quruq probirkaga 4-5 tomchi 0,1% li α- tokoferolning spirtli eritmasidan, 10 tomchi konsentrlangan nitrat kislotadan quyib, probirkadagi aralashma chayqatiladi. Hosil boʻlgan emulsiya asta- sekin ikki qatlamga ajraladi; yuqori- moysimon qavat qizil rangga kiradi. Bu reaksiya mexanizmi ham yuqoridagiga oʻxshash tokoferilxinon hosil bo’lishiga asoslangan. Xuddi shu reaksiya asosida E vitaminni miqdoriy jihatdan aniqlash mumkin.


K vitamin ( antigemorragik vitamin, filloxinon)

K vitamin birnchi marta bedadan va chirigan baliq unidan ajratib olingan. Kimyoviy tarkibi jihatidan metil naftoxinon bilan to’yinmagan spirt – fitol qoldigʻidan tuzilgan bo’lib, filloxinon (K1)1 deb ataladi. K2 vitaminda metil naftoxinonning yon radikali fitil o’rniga 4-5 ta izopren qoldigʻi joylashgan. Filloxinonning aktivligi K2 vitaminnikiga qaraganda bir yarim baravar yuqori.


K vitamin aktivligiga ega boʻlgan bir necha sintetik preparatlar boʻlib, ulardan eng ahamiyatlisi vikasol va menadion hisoblanadi. Bular suvda yaxshi eriydi, shu sababli K vitaminning tabiiy preparatlariga qaraganda kengroq qoʻllaniladi.

K vitamin yetishmasa hayvonlarda (qushlarda) teri ostida, mushaklar ichida, oshqozonda qon ketishi kuzatiladi. Odam va hayvonlarda K vitaminga bogʻliq boʻlgan qon ketish uchramaydi, chunki ichak florasi bakteriyalari bu vitaminni yetarli miqdorda sintez qilib beradi.



Download 55.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling