3-ma’ruza: Haroratni o’lchash. Reja
ZAMONAVIY HARORAT O‘LCHASH VOSITALARI
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
TJA va NQ 3-ma\'ruza
ZAMONAVIY HARORAT O‘LCHASH VOSITALARI
Haroratni yuqori aniqlikda o’lchash juda murakkab jarayondir. Ko‘rib chiqilgan yechimlar hal qilinayotgan masalaning faqat nazariy qismidir. Amalda faqat o’lchash tizimini yaratish to‘g‘risidagina o‘ylashga to‘g‘ri kelibgina qolmay, balki olingan kattalikni nazorat - hisoblash majmuyiga yoki ABS ga qanday qilib kiritish to‘g‘risida o‘ylashga to‘g‘ri keladi. Ko‘pincha, o’lchangan kattalik o‘zi bir boylikni ifodalaydi, biroq u tegishli boshqaruvchi ta’sir to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun yoki keyinchalik ishlov berish va tahlil qilish uchun boshqarish tizimining ma’lumotlar bazasiga kiritilishi kerak. Datchikdan olingan signalni filtrdan o‘tkazish zarur, chunki, ko‘pincha, o’lchashlar sanoat xalaqitlari sharoitida o‘tkaziladi va o’lchash qismini boshqarish majmuyidan ajratib turadigan galvanik ajratgich (izolatsiya) bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun ,,eskicha“ usulda bajarilgan savodli yechim taqdim etilsa, u yetarlicha murakkab, qo‘pol va norentabel bo’lishi aniq bo’lib qoladi. Biroq, agar signallarni me’yorlashning klassik masalasini yechishga, ularni filtrlash va tizim qismlarini galvanik ajratishga ehtiyoj bor ekan, u holda sanoat avtomatlashtirish vositalari bozorida tegishli tayyor yechimlar mavjudligi ehtimoli bor. Mazkur holda „Data forth“ firmasining modullari qiziqish uyg‘otadi. Agar haroratni termoqarshiliklar yordamida o’lchash to‘g‘risida aniq gapiradigan bo’lsak, u holda bu firma taklif etayotgan yechim juda sodda ko‘rinadi: datchik, masalan PtlOO platinali qarshiliklar termometri olinadi va SCM5B34 yoki SCM5B35 moduliga ulanadi. Ikki, uch va to‘rt simli ulanish variantlari mavjud. Ikki simli ulanish usuli ulovchi simlarning uzunligi uncha katta bo’lmagan va o’lchashlarning pretsizion aniqligi talab etilmaydigan tizimlarda foydalaniladi, bunday konfiguratsiyaning muhim xususiyati yechimning qiymati minimal ekanligidir. To‘rt simli ulanish, odatda o’lchash laboratoriyalarida foydalaniladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling