3-ma’ruza: Haroratni o’lchash. Reja
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
TJA va NQ 3-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nurlanish pirometrlarining ishlash prinsipi
- MAXSUS HARORAT O‘LCHASH TERMOMETRLARI Qattiq jismlar sirtining haroratini o’lchash.
NURLANISH PIROMETRLARI Yuqorida ko‘rilgan, haroratni o’lchashga mo’ljallangan barcha termometrlar termometrning sezgir elementi bilan o’lchanayotgan jism yoki muhit orasida bevosita kontakt bo’lishini taqozo etar edi. Shuning uchun, haroratni o’lchashning bunday usullari ba’zan kontaktli usullar deb yuritiladi. Bu usulni qoilashning yuqori chegarasi 1800— 2500°C. Ammo, sanoatda va tadqiqotlarda bundan yuqori haroratlarni ham o’lchashga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, ko‘pincha o’lchanayotgan jism va muhit bilan termometrning bevosita kontakti mumkin bo’lmaydi. Bunday hollarda haroratni oichashning kontaktsiz usuli qo’llaniladi. Nurlanish pirometrlarining ishlash prinsipi qizdirilgan jismning issiqligi ta’sirida hosil bo’lgan nurlanish energiyasini o’lchashga asoslangan. Nurlanish pirometrlari 20 dan 6000°C gacha bo’lgan haroratlarni o’lchashda ishlatiladi. Issiqlik nurlanishi nurlanayotgan jism ichki energiyasining elektromagnit to’lqinlari tarzida tarqalish jarayonidan iborat. Bu to’lqinlar boshqa jismlar tomonidan yutilganda ular qaytadan issiqlik energiyasiga aylanadi. Jismlar haroratiga teng bo’lgan elektromagnit to’lqinlarni 0 dan gacha bo’lgan oraliqda tarqatadi. Qattiq va suyuq moddalarning ko‘pi nurlanishning uzluksiz spektriga ega, ya’ni barcha uzunliklardagi to’lqinlarni tarqatadi. Boshqa moddalar (sof metallar va gazlar) nurlanishning selektiv spektriga ega, ya’ni ular to’lqinlarni spektrning ma’lum chegaralaridagina tarqatadi. To’lqin uzunligi gacha bo’lgan chegara ko‘rinadigan spektrga mos keladi. Ko‘rinadigan spektrning har bir to’lqin uzunligi ma’lum rangga mos keladi. MAXSUS HARORAT O‘LCHASH TERMOMETRLARI Qattiq jismlar sirtining haroratini o’lchash. Sirtlarning haroratini kontaktli va kontaktsiz usullar bilan oichash mumkin. Haroratni kontaktli termometrlar bilan o’lchashda, odatda ikkita muammo vujudga keladi: 1) termometr va o’lchanayotgan sirt haroratlarining tengligini ta’minlash; 2) termometr bilan o’lchash joyida haroratning yoki sirtning harorat maydonining buzib ko‘rsatilishini yo'qotish. Termometr va o’lchanayotgan sirt haroratlarining tengligini ta’minlash uchun o’lchash obyekti sirtidan termometrga issiqlik o‘tishining eng yaxshi sharoitlarini yaratish lozim. Yaxshi issiqlik kontaktini ta’minlash uchun maxsus tayyorlangan termometrni sirtga yelimlash, kavsharlash yoki payvandlash maqsadga muvofiq. O’lchash obyekti sirtining harorati yoki harorat maydonining buzilishiga termometrning o’lchanayotgan sirtga qo‘shimcha issiqlik olib kelishi yoki olib ketishi sabab bo’lib, ishlagan vaqtida yuz beradi. Shuning uchun, sirt haroratini o’lchash joyida qo‘shimcha issiqlik almashish bo’lmaydigan sharoitlar yaratish kerak. Ba’zan termometr orqali issiqlik almashishidan qochish mumkin bo’lmaganda, shu issiqlik almashishni harorat o’lchanadigan joydan boshqa joyga ko‘chirishga harakat qilinadi. Sirt haroratini, masalan, quvur haroratini uzluksiz o‘lchash uchun termometrni sirtga maxsus qisqich bilan taqab qo‘yiladi. Quvurning izolatsiyasi borligi o’lchash joyidan issiqlikni chiqib ketishi (yoki issiqlik kirib kelishi) amalda mumkin emasligini taqozo qiladi va shuning uchun termometr sirt haroratini buzib ko‘rsatmaydi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling