3-ma’ruza: Haroratni o’lchash. Reja


tm — manometr atrofidagi °C da berilgan harorat; to


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana28.12.2022
Hajmi1.01 Mb.
#1070532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
TJA va NQ 3-ma\'ruza

tm — manometr atrofidagi °C da berilgan harorat; to — asbob darajalangan vaqtdagi 
harorat (20°C). 
Maxsus tayyorlangan gazli manometrik termometrlar 0°C dan past haroratlarni 
o’lchash uchun ham qo’llaniladi. 
Masalan, vodorod gazli termometr —250°C gacha, geliyligi esa —267°C gacha 
haroratlarda ishlatilishi mumkin. 
Suyuqlikli manometrik termometrlar tizimi boshlangich bosim ostida suyuqlik 
bilan to’ldiriladi. Buning uchun simob, ksilol, propil alkogol, metaksilol va hokazolar 
ishlatiladi. Suyuqlikli termometrlar uchun bog’lovchi kapillarlar uzunligi 0,6 m dan 10 
metrgacha bo’ladi. Bu termometrlar — 150°C dan 600°C gacha bo’lgan haroratlarni 
o’lchashga imkon beradi. 
Manometrik kondensatsion (bug‘-suyuqlikli) termometrlar -50°C dan + 300°C 
gacha haroratlarni o’lchaydi. Kondensat sifatida freon (CHF2C1: -5 °C ... +80°C gacha); 
propilen (C3H6: -50°C ... + 60°C gacha); metil xlorid (CH3CI: 0 ... 125°C gacha); aseton 
(C3H60 100°C ... 200°C gacha); etil benzol (C8H10 — 160°C... 300°C gacha) va 
hokazolar ishlatiladi. 
Bu termometrlarning termoballonlari hajmining 2/3 qismi past haroratda qaynaydigan 
suyuqlik bilan to’ldiriladi. Termometrlarning berk tizimida doim bug’lanish va 
kondensatsiyalanishning dinamik muvozanati mavjud. 
Harorat ko‘tarilishi bilan birga bug’lanish kuchayib, bug‘ning elastikligi o‘sadi, 
shuning uchun kondensatsiyalanish jarayoni kuchayadi. Buning natijasida to‘yingan bug’ 
ma’lum haroratda muayyan bosimga erishadi. Bug‘ bosimi harorat o‘zgarishi bilan 
o‘zgarib, kapillarni to’ldirgan muhit orqali manometrik prujinaga o‘tadi. 
Manometrik termometrlar tuzilishi soddaligi va avtomatik yozishi bilan ajralib turadi. 
Uning afzalliklaridan yana biri, undan yong‘in va portlash xavfi bor bo‘lgan muhitda 
foydalanish mumkinligidadir. Uning kamchiliklariga tizimning germetikligi buzilganda 
tuzatish qiyinligi va ko‘p hollarda termoballon o’lchamlarining kattaligi kiradi. 
Gazli va suyuqlikli manometrik termometrlarning aniqlik sinfi 1; 1,5 va 2,5; 
kondensatsion termometrlarniki 1,5; 2,5 va 4. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling