3-ma’ruza: Haroratni o’lchash. Reja
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
TJA va NQ 3-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2-jadval. Termometrlarga solinadigan suyuqliklarning qo‘llanish chegaralari
KENGAYISH TERMOMETRLARI
Suyuqlikli termometrlarning ishlash prinsipi asbob ichiga solingan termometrik suyuqlikning hajmi harorat ko‘tarilishi yoki pasayishida o‘zgarishiga asoslangan. Suyuqlikli termometrlar - 200°C dan +750°C gacha oraliqdagi haroratni o‘lchash uchun ishlatiladi. Shisha termometrlarning ishlatilish usuli sodda, aniqligi yetarli darajada yuqori va arzon bo‘lganligi sababli laboratoriya va sanoatda keng tarqalgan. Shisha termometrlarning suyuqligi sifatida simob, toluol, etil spirti (etanol), kerosin, petroley efiri, pentan va boshqalar ishlatiladi. Ularning qo’llanish chegaralari 2.2-jadvalda keltirilgan. 2.2-jadval. Termometrlarga solinadigan suyuqliklarning qo‘llanish chegaralari Suyuqlikli termometrlar orasida eng ko‘p tarqalgani simobli termometrlardir. Simob kengayish koeffitsiyentining kichikligi termometriya nuqtayi nazaridan uning kamchiligi hisoblanadi. Suyuqlikning issiqlikdan kengayishi hajmiy kengayish koeffitsiyenti bilan xarakterlanadi. Bu koeffitsiyent quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: bu yerda: V va Vt2 — suyuqlikning t1 va t2 haroratlardagi hajmi; Vo — shu suyuqlikning 0°C dagi hajmi. 3 koeffitsiyent qancha katta bo’lsa, hajmiy kengayish haroratining ГС ga o‘zgarishi shuncha katta bo’ladi. Termometrlarda hajmiy kengayish harorat koeffitsiyenti yuqori bo’lgan suyuqliklardan foydalanish masadga muvofiq. O’lchashning maqsadi va chegarasiga qarab, termometrlar kengayish koeffitsiyenti kichik bo’lgan turli rusumli shishalardan tayyorlanadi. Texnikada qo’llaniladigan suyuqlikli shisha termometrlar quyidagi xillarga bo’linadi: 1. Ko‘rsatishlariga tuzatish kiritilmaydigan termometrlar (keng miqyosda qo’llaniladigan termometrlar): a) simobli termometrlar (—35 dan +750°C gacha); b) organik suyuqlikli termometrlar (—200 dan +200°C gacha). 2. Ko‘rsatishlariga tuzatish kiritiladigan termometrlar: a) aniqlik darajasi yuqori simobli termometrlar (—35 dan + 600°C gacha); b) aniq o’lchovlarga mo’ljallangan simobli termometrlar (0 dan + 500°C gacha); c) organik suyuqlikli termometrlar (—80 dan +100°C gacha). Tuzilishlarining xilma-xilligiga qaramay, barcha suyuqlikli termometrlar ikki asosiy turning biriga: tayoqcha shaklidagi yoki shkalasi ichiga o‘rnatilgan termometrlar turiga tegishli bo’ladi. Tayoqcha shaklidagi termometr qalin devorli, tashqi diametri 6...8 mm gacha qilib tayyorlangan kapillar naychadan iborat. Naychaning pastki qismi suyuqlik saqlanadigan rezervuar hosil qiladi. Ularning shkalasi bevosita kapillarning sirtida darajalanadi. Vazifasi va qo’llanish sohasiga ko‘ra, suyuqlikli termometrlar, odatda, laboratoriya termometrlari, umumsanoat va maxsus vazifalarni bajaruvchi texnik termometrlar, qishloq xo‘jaligi uchun mo’ljallangan termometrlar, metrologik, maishiy termometrlarga bo’linadi. Suyuqlikli shisha termometrlarning kamchiligiga shkala bo‘yicha hisoblash noqulayligi, ko‘rsatishlarni qayd qilib, ularni masofaga uzatib bo’lmasligi, issiqlik inersiyasining kattaligi (ko‘rsatishlarning kechikishi) va asboblarning mexanik nuqtayi nazardan mustahkam emasligi kiradi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling