3-ma’ruza: Haroratni o’lchash. Reja
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
TJA va NQ 3-ma\'ruza
TERMOELEKTR TERMOMETRLAR
Haroratni o’lchashning termoelektr usuli termo EYK (elektr yurituvchi kuch)ning haroratga bog’liqligiga asoslangan. Bu asbob —200°C dan +2500°C gacha bo’lgan haroratlarni o’lchashda texnikaning turli sohalari va ilmiy-tekshirish ishlarida keng qo’llaniladi. Termoelektr termometrlar yordamida haroratni o’lchash 1821-yilda Zeebek kashf etgan termoelektr hodisasiga asoslangan. Bu hodisaning haroratlarni o’lchashda qo’llanishi ikki xil metall simdan iborat zanjirda ularning kavsharlangan joyida haroratlar farqi hisobiga hosil bo’ladigan EYK effektiga asoslangan. Har xil A va В o‘tkazgichlardan iborat zanjirni ko‘rib chiqamiz (2.2-rasm). Termojuftning o’lchanayotgan muhitga tegib turgan joyi, kavsharlangan uchi 1 issiq ulanma, o‘zgarmas to haroratli muhitdagi joyi 2 esa (erkin uchi) sovuq ulanma deyiladi. A va В o‘tkazgichlar termoelektrodlar deyiladi. Bunday kavsharlangan o‘tkazgichlar esa termojuft deb ataladi, ularda hosil b o ia digan elektr yurituvchi kuch termoelektr yurituvchi kuch (TEYK) deyiladi. TEYK hosil bo’lishining sababi erkin elektronlar zichligi ko'proq metallning erkin elektronlar zichligi kamroq metallga diffuziyasi bilan izohlanadi. Shu paytda ikki xil metallning birikish joyida paydo bo’ladigan elektr maydon diffuziyaga qarshilik ko‘rsatadi. Elektronlarning diffusion o‘tish tezligi elektr maydon ta’sirida ularning qayta o‘tish tezligiga teng bo’lganda harakatli muvozanat holati qaror topadi. Bu muvozanatda A va В metallar orasida potensiallar ayirmasi paydo bo’ladi. Elektronlar diffuziyasining jadalligi o‘tkazgichlar birikkan joyning haroratiga ham bog’liq bo’lganlgi sababli, birinchi va ikkinchi ulanmalarda hosil bo’lgan EYK ham turlicha bo’ladi. Bundan quyidagi muhim xulosani chiqarish mumkin: termojuftning zanjiri uchlariga harorati bir xil boigan uchinchi oikazgich ulanganda ham TEYK o‘zgarmaydi. Demak, termojuft zanjiriga ulash simlari, oichov asboblari va qarshiliklarni ulash mumkin ekan. Haroratni termoelektr termometr yordamida o’lchash uchun termometr hosil qiladigan termo EYK ni va erkin uchlarning haroratini o’lchash kerak. Agar haroratni o’lchashda termometr uchlarining harorati 0°C ga teng bo’lsa, unda o’lchanayotgan harorat darajalash xarakteristikasidan (jadvallar, grafiklardan) (2.4- rasm) darhol topiladi. Bu darajalash xarakteristikasi, termo EYK bilan harorat orasida munosabat o‘rnatadi. Termoelektr termometrlarning darajalash xarakteristikasi, odatda, erkin uchlarining harorati 0°C ga teng boiganda aniqlanadi. Agar erkin uchlarining harorati amalda 0°C dan farq qilsa-yu, ammo o‘zgarmas bo’lsa, unda haroratni darajalash xarakteristikasidan topish uchun termojuftlar hosil qiladigan termo EYK nigina emas, balki erkin uchlari harorati to ni ham bilish zarur. Termoelektr termometrning erkin uchlari haroratiga kiritiladigan tuzatma qiymati termometrning darajalash xarakteristikasiga bog‘liq bo‘ladi, u esa termoelektr termometr tayyorlanadigan o‘tkazgich materiallar bilan belgilanadi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling