3-ma’ruza: Haroratni o’lchash. Reja
Termoelektr termometr erkin uchlari haroratining
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
TJA va NQ 3-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Millivoltmetrlar.
Termoelektr termometr erkin uchlari haroratining
o‘zgarishini kompensatsiyalash usullari termojuft sovuq ulanmalari harorati o‘zgarmas bo’lgandagina to‘g‘ri o’lchash mumkin. Ammo bu haroratlar o‘zgarmas bo’lib qola olmaydi. Shuning uchun, termometrning sovuq ulanmasini o’lchash obyektidan nariroqqa haroratning o‘zgarmas zonasiga olish lozim. Shu maqsadda maxsus kompensatsion (uzaytiruvchi) simlardan foydalaniladi. Yuqorida aytilganidek, termojuft bilan haroratni o’lchashda termojuftning erkin uchlaridagi haroratning o‘zgarishiga qarab tuzatish kiritiladi. Sanoatda avtomatik ravishda tuzatish kiritish uchun ko‘prik sxemalar qo’llaniladi Ko‘prik termojuftga ketma-ket ulanadi. Uning R 1 , R 2 R 3 qarshiliklari manganindan, esa misdan ishlanadi. Rq qo‘shimcha qarshilik ko‘prikka berilgan kuchlanishni yetarli darajada ta’minlab berish uchun xizmat qiladi. Energiya o‘zgarmas tok manbaidan olinganda uning o‘zgarishiga qarab, ko'prikni turlicha darajalangan termojuftlar bilan ishlashga rostlash mumkin. Termopara kompensatsion ko‘prikgacha termoelektrod simlar bilan ulanadi, ko‘prikdan o’lchash asbobigacha esa mis simlar ulanadi. Termopara 2 erkin uchlarining darajalanish haroratida ko‘prik 1 muvozanat holatda bo’lib, ko'prikning ab uchlaridagi potensiallar ayirmasi nolga teng bo’ladi. Erkin uchlarining harorati o‘zgarishi bilan birga R4 qarshilikning qiymati ham o‘zgaradi, natijada ko‘prik muvozanati buziladi va uning ab uchlaridagi potensiallar ayirmasi o‘zgaradi. Bu ayirmaning qiymati erkin uchlaridagi haroratning o‘zgarishi sababli paydo bolgan TEYK ning teskari ishorali qiymatiga teng bo’ladi. Millivoltmetrlar. Termoelektr termometrlar (termojuftlar) dagi TEYKni o’lchash uchun elektr magnit millivoltmetrlar, potensiometrlar va me’yor qo’llanilmoqda. Millivoltmetr elektr magnit o’lchash asbobi bo’lib, uning ishlash prinsipi qo‘zg‘aluvchan ramkadan o‘tayotgan tokning o‘zgarmas magnit maydoni bilan o‘zaro ta’sirlashishiga asoslangan. Millivoltmetming tuzilishi 2.8-rasmda ko‘rsatilgan. Doimiy magnitning qutb uchlari 2 va tayanch tovonostlari 8 da aylanadigan o‘qlarda joylashgan o‘zak 3 orasidagi (havo oraligida) ramka 5 bor. Ramkaning uchlari o ‘qlar 7 ga ulangan ramkaga kronshteyn 9, strelka 10 ulangan. lovchi o‘zgartkichlar keng Strelkaning uchi shkala 11 bo‘ylab siljiydi. Ramka termojuft zanjiriga ulanganda spiral-prujina 6 dan keladigan tok ramkadan o‘tadi. Ramkaning chulg‘ami orqali tok o‘tganda hosil bo’lgan magnit maydoni bilan doimiy maydon o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir natijasida aylantiruvchi moment hosil bo’ladi, shu sababli ramka strelka 10 bilan birga aylanadi. Spiral 6 bu aylanishga teskari ta’sir qiladi. TEYK iga strelkaning muayyan bir vaziyati to‘g‘ri keladi. Tok o‘tmagan paytda elastik prujinalar 6 ramkani boshlangich vaziyatga qaytaradi, strelkaning shkala 11 bo‘yicha ko‘rsatishi esa nolga teng bo’ladi. Kronshteyn 9 strelkani muvozanat holatida saqlashi uchun posangi 4 bilan ta ’minlangan. Asbob shkalasi °C da darajalangan. Ramkadan o‘tayotgan tok bilan doimiy magnit maydon orasidagi o‘zaro ta’sir tufayli paydo bo’lgan aylantiruvchi moment quyidagi ifoda orqali aniqlanadi. bu yerda: Mayl — aylantiruvchi moment; C 1 , — ramkaning geometrik o‘lchami va chulg‘amlari soni bilan aniqlanadigan doimiy koeffitsiyent; B 1 - oraliqdagi magnit induksiyasi; I — ramkadagi tok. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling