3-Ma’ruza: Oqsillar va peptidlarning biologik funktsiyasi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana01.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1419657
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-maruza

1.Selektiv denaturatsiya.Eritma 
-
ga qadar qizdirilganda 
yoki 
≈ ga qadar kislota qo’shilganida ko'plab oqsillar 
denaturatsiyaga uchraydi va cho'kadi. Agar ajratib olingan oqsil ushbu 
sharoitlarga bardosh bera olsa, ba'zi yot oqsillarni shu tarzda eritmadan 
yo’qotish mumkin.
2.Tuz bilan cho’ktirish.Turli tuzlarni qo'shish natijasida,oqsillarni 
eritmadan cho’ktirishdir.Ko'pincha oqsillarning eruvchanligi ammoniy 
sulfatni kontsentratsiyasiga bog'liqligi qo'llaniladi.Agar eritmaga oz 
miqdordagi ammoniy sulfat qo'shilsa (masalan, 100 ml eritmaga 10 
gr),eng kam eriydigan oqsillar cho'kadi.Cho'kma sentrifuga bilan 
ajratiladi va cho’kma usti suyuqligiga yana 10 gr ammoniy sulfat 
qo'shib, ikkinchi cho’kma olinadi.Ushbu amalni davom ettirib, bir qator 
fraktsiyalar olinadi: ulardan birida kerakli protein miqdori boshqalariga 
qaraganda ko'proq bo’ladi.
3.Elektroforez usuli.Usul ma'lum bir 
va eritmaning ion kuchida 
oqsillarning elektr maydonida ularning umumiy zaryadlariga mutanosib 
tezlikda harakatlanishiga asoslanadi.Umumiy manfiy zaryadga ega 
oqsillar anodga(+), musbat zaryadlangan oqsillar esa katodga(-
)harakatlanadi (3.1-rasm). Elektroforez turli xil tashuvchilarda amalga 
oshiriladi: qog'oz, kraxmal geli, poliakrilamid geli va boshqalar. 
Musbat zaryadlangan anion almashinuvchilar mavjud bo’lib,ular 
orasida kation guruhlarini o'z ichiga olgan dietilaminoetil sellyuloza 
(DEAE-sellyuloza) va manfiy zaryadlangan kation almashinuvchilari, 
ya’ni,anion guruhlarini o'z ichiga olgan karboksimetilseluloza (KM-
sellyuloza) ishlatiladi. Ion almashinuvchini tanlash oqsil zaryadiga 
qarab belgilanadi. Masalan, manfiy zaryadlangan oqsilni ajratish uchun 
anionalmashinuvchi ishlatiladi. 
Oqsil 
eritmasi 
kolonka 
orqali 
o'tganda, 
oqsilning 
anionalmashinuvchiga bog'lanishi molekuladagi manfiy zaryadlangan 
karboksil guruhlari soniga bog'liq. Anionalmashinuvchiga adsorbilangan 
oqsillarni har xil tuz kontsentratsiyalari, aksariyat hollarda 
va 
qiymatlari turlicha bo'lgan bufer eritmalari bilan yuvish mumkin.Xlor 
ionlari anionalmashi-nuvchining musbat zaryadlangan funktsional 


guruhlari bilan bog'lanadi va oqsillarning karboksil guruhlarini siqib 
chiqaradi.Tuzning quyi konsentratsiyasida anionalmashinuvchiga juda 
kuchsiz bog'langan oqsillar yuviladi.Tuz kontsentratsiyasining asta-sekin 
o'sishi yoki oqsil molekulasining zaryadini o'zgartiradigan 
ning 
o'zgarishi, kerakli oqsilni o'z ichiga olgan oqsil fraktsiyalarining 
chiqarilishiga 
olib 
keladi.Ulardan 
eng 
oddiysi 
qog'ozdagi 
elektroforezdir. Filtr qog'ozining tasmasi bufer eritmasi bilan singdiriladi 
va doimiy tokli elektr zanjirga kiritiladi.Jarayon germetik yopiq xonada 
amalga oshiriladi.


3.1-rasm.Poliakrilamid ishtirokidagi elektroforez. 
1-gel-elektforez qurilmasi;2-makromolekulalar aralashmasi;3-
elektoforezni sodir bo’lishi;4-g’ovakli gel. 
Elektroforegrammadagi oqsillar tasmani oqsillar bilan bog'lanib rangli 
birikmalar hosil qiladigan bo'yoq bilan ishlov berish orqali aniqlanadi. 
Oqsil 
molekulasining 
zaryadiga 
qarab, 
oqsillar 
fraktsiyalarga 
bo'linganidan so'ng, alohida oqsillar mos tegishli erituvchi bilan yuviladi 
va cho'ktiriladi.Bu usul bilan katta miqdordagi tozalangan oqsilni olish 
uchun qog'oz o'rniga ba'zi bir inert materiallarning qalin bloklari-
kraxmal, sellyuloza kukuni yoki agar va poliakrilamid kabi gel hosil 
qiluvchi polimerlardan foydalaniladi. 
4.Gel-filtrlash.Gel-o’tkazuvchan xromatografiya (gel-filtratsiya) 
oqsillarni molekulalarning hajmi va shakli bo'yicha ajratishga imkon 


beradi.Ajratish polimer materiallardan tayyorlangan shishgan gelning 
sferik zarralari bilan to'ldirilgan xromatografik kolonkalarda (o'lchamlari 
10-500 mkm) olib boriladi(3.2-rasm).Gel zarralari ma'lum bir o'rtacha 
diametr bilan tavsiflanadigan ichki kanallar tufayli o'tkazuvchan-
dir.Oqsillar aralashmasi gel solingan kolonkaga qo'shiladi va bufer 
eritmasi bilan yuviladi.Gelning granulalariga kira olmaydigan oqsil 
molekulalari yuqori tezlikda harakat qiladi.O'rta va mayda oqsillar 
gelning granulalarida ko'proq yoki kamroq saqlanib qoladi.Kolonkadan 
chiqish joyida elyuat alohida fraksiyalar shaklida yig'iladi.Muayyan 
oqsilning hosil bo'lishi asosan uning molekulyar massasiga bog'liq. 
 
3.2-rasm.Gel-o’tkazuvchan xromatografiya. 
1-g’ovakli polimer tashuvchi;2-oqsil aralashmasini payvandlangan 
polimer bo’lgan kolonkaga quyish;3-oqsil molekulalari o’lchami 
bo’yicha ajralmoqa;massasi yuqori bo’lgan molekulalar tezroq tushib
dastlabki fraksiyalarda namoyon bo’lmoqda. 


5.Ion 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling