3-ma'ruza: To‘ldiruvchilarning xossalari va ularga qo‘yilgan talablar. G‘ovak to‘ldiruvchining uyilma zichligi Reja
To’ldiruvchilarning dona g‘ovakligi
Download 1.15 Mb.
|
3- MA\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’ldiruvchilarning namligi va suvshimuvchanligi
To’ldiruvchilarning dona g‘ovakligi
G‘ovaklik-to’ldiruvchi donasidagi barcha g‘ovaklarning xajmlari yig‘indisini dona xajmiga nisbatiga aytiladi. Ko’pincha xar bir donaning aloxida g‘ovakligi emas, balki olingan namunadagi donalarning o’rtacha g‘ovakligi aniqlanadi. Agar donalar zichligi – ρ3 va to’ldiruvchi modda zichligi – ρ malum bo’lsa, u xolda g‘ovaklik quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi , (7) Agar (7) formuladagi ρ3 o’rniga sement qorishmasidagi donalar zichligini qo’ysak, u holda barcha g‘ovaklik emas, balki uning qismi aniqlanadi, yani betonda sement qorishmasi to’ldirmaydigon g‘ovaklik aniqlanadi. Umumiy g‘ovaklikdan kelib chiqib ochiq g‘ovaklarni aniqlaymiz va natijada betonning to’ldiruvchilarining ochiq g‘ovaklarini to’ldirish uchun sarflanadigan qo’shimcha sement qorishmasi xajmi aniqlanadi. To’ldiruvchilarning namligi va suvshimuvchanligi To’ldiruvchilarning namligi va suvshimuvchanligini aniqlashda donalar g‘ovakligi asosiy faktorlardan biri xisoblanadi. To’ldiruvchilar namligini aniqlashda namuna tarozida tortiladi va 105°S da quritish shkafida doimiy massaga kelgunicha quritiladi. To’ldiruvchilarning namligi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: , (8) Bu yerda: mnam - to’ldiruvchi namunasining tabiiy holatdagi massasi, g mkur - to’ldiruvchi namunasining quruq holatdagi massasi, g Bu yerda: mnam - to’ldiruvchi namunasining tabiiy holatdagi massasi, g mkur - to’ldiruvchi namunasining quruq xolatdagi massasi, g To’ldiruvchilarning suvshimuvchanligi Wcshm. (massa bo’yicha % da) aniqlashda, quruq yirik to‘liruvchilarnamunasi suvga 48 soat davomida solib qo’yiladi, so’ngra 1 soat yoki boshqa vaqtda texnik shartlar yoki texnik talablarga ko’ra donalar yuzasidagi suvlardan qutuladi va torozida tortib olinadi: , (9) Bu yerda: mssh – suvga shimdirilgan to’ldiruvchilar namunasining massasi, g. Sinash natijasida donalar yuzasidagi suvni yo’qotish maxsus jarayonga kiritiladi. UzRST bo’yicha shag‘al va shag‘al yuzasi yumshoq latta bilan artiladi. UzRST ga ko’ra yirik g‘ovakli to’ldiruvchilarning suvshimuvchanligi perforirlangan konteynerlarda aniqlanadi. Konteyner va undagi to‘ldiruvchilar namunasi birgalikda suvga solib qo’yiladi, 10 min suvdan chiqarib qo’yilib (ortikcha suvdan xalos etiladi), so’ngra tarozida tortib, hisob-kitov ishlari bajariladi. Ichki g‘ovaklarda mavjud suvni chiqarib tashlash qiyin. Mayda to’ldiruvchilar uchun esa bu jarayonni o’tkazish yanada qiyin. Shu sababli mayda to’ldiruvchi(qum)lar uchun bunday sinovni o’tkazish standartda ko’rsatilmagan. G‘ovak qumning suvshimuvchanligini aniklash AQSh standartiga ko’ra quyidagicha aniklanadi: qum namunasini suvda ushlab turiladi, so’ngra issiq xavo oqimida quritiladi. Qumdan konus yasaladi. Forma olinadi, agar konus cho‘kmasa quritish davom ettiriladi. Qachonki forma olinganda konus cho’ksa, u holda donalar orasidagi suvdan xalos etildi deb hisoblanadi, fakat g‘ovaklardagi suv qoldi deyiladi. So’ngra qum tarozida tortiladi, doimiy massagacha quritiladi. Suvshimuvchanlik qurtilguncha va quritilgandan so’ngi massalar nisbati bo’yicha topiladi. Qumning suvshimuvchanligini betonda sinashda aniklash muxim xisoblanadi. Ko’p hollarda yirik to’ldiruvchining suv shimuvchanligi xajm bo’yicha % da aniqlanadi, yani shimdirilgan suv hajmining dona hajmiga nisbatiga ko’ra topiladi. Massa bo’yicha % da suv shimuvchanlik – Wsshm. va dona zichligi – ρ3 ma'lum bo’lsa, hajm bo’yicha % da quyidagi formuladan topiladi: , (10) Ws.sh.x. hamma vaqt to’ldiruvchilar donasi g‘ovakligidan kichik bo’ladi,, chunki barcha g‘ovaklar ham suv bilan to’lmasligi mumkin. Wsshx va Vg‘ovak dan kelib chiqib, g‘ovaklarning qaysi xajmi suv bilan to’lishi mumkinligi haqida ma'lumotga ega bo’lamiz. Uyilma zichlik, bo’shliqlik kabi to’ldiruvchilarning xaraktiristikasini donalar shakli orqali aniqlanadi. Birinchi marta buni B.Nikolaev tadqiq etdi va 1914 yilda «Material donalari shakli va o’lchamiga mos beton va qorishmalar tarkibi» ishida keltirib o’tdi. B.Nikolaev sochiluvchan materialning donalar tarkibini va geometrik joylashuv strukturasini nazariy asosida analiz qildi. Agar shartli ravishda barcha donalarni bir xil shaklda va o’lchamda desak, u holda berilgan xajm bo’yicha joylashtirish tartibiga ko’ra (shar, kub, tetroedr) turlicha zichlikka ega bo’ladi. Masalan, agar shar shaklidagi donalarni tersak va ularning markazi kubni xosil qiladi(3.1-rasm,a), bu esa nisbatan kichik zichlikni beradi. \ Agar sharlarning markazini tutashtiruvchi chiziqlar tetroedrni tashkil etsa(3.1-rasm,b), u xolda katta zichlikka ega bo’ladi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling