3-ma'ruza: To‘ldiruvchilarning xossalari va ularga qo‘yilgan talablar. G‘ovak to‘ldiruvchining uyilma zichligi Reja
Rasm-2.3.Nisbiy mustahkamlikning nisbiy zichlikka bog‘liqligi
Download 1.15 Mb.
|
3- MA\'RUZA
Rasm-2.3.Nisbiy mustahkamlikning nisbiy zichlikka bog‘liqligi:
1-yacheykali strukturali materiallar uchun; 2-donador strukturali materiallar uchun 2.9. To‘ldiruvchilarning suvga va sovuqqa chidamliligi To‘ldiruvchilarning mustahkamligi ular olinadigan tog‘ jinsidan kelib chiqib, suvga bo‘ktirilgan holatida aniqlanadi. Ya'ni suvda saqlangan materialning mustahkamligi o‘z navbatida kamayadi. G‘ovaklarga va mikro yoriqlarga kirgan suv uning bog‘lanishlarini kuchsizlantiradi. Shu sababli to‘ldiruvchilar mustahkamligini aniqlashda, namunaning quruq holatdagi va suvga bo‘ktirgandan so‘ng mustahkamligi aniqlanib, yumshash koeffitsienti topiladi: , (17) bu yerda: σsuv.bo‘kt- to‘ldiruvchining yoki u olingan tog‘ jinsining suvga bo‘ktirilgandan so‘nggi (48 soat suvda saqlangan) mustahkamlik chegarasi, kgs/sm2 σquruq- to‘ldiruvchining yoki undan olingan tog‘ jinsining quruq holatidagi mustahkamlik chegarasi, kgs/sm2 To‘ldiruvchilarning yumshash koeffitsienti uning suvga chidamliligini xarakterlaydi. Suvga chidamlilik bevosita suv shimuvchanlik va to‘ldiruvchining tabiiy moddasiga bog‘liqdir. Suv shimuvchanlik esa materialning g‘ovakligi va strukturasiga bog‘liq. To‘ldiruvchilarning sovuqqa chidamliligi ularni suvga bo‘ktirilgan holatda ko‘p martali muzlatish va eritish natijasida tekshiriladi. Bir fraksiyali to‘ldiruvchi namunasi 48 soat davomida xona haroratida suvda saqlanadi. Sovitish kamerasida -15 0S dan -20 0S gacha haroratda muzlatiladi. 4 soat davomida kamerada saqlangan namuna idish bilan birgalikda suvli vannada ya'na 4 soat ushlab turiladi. Bu holat standartda keltirilgan bo‘yicha to‘ldiruvchi turidan kelib chiqib takrorlanadi. Shundan so‘ng to‘ldiruvchi namunasi quritilib elakdan o‘tkaziladi. Sovuqqa chidamlilikni sinashda massa yo‘qotilishi (%) aniqlanadi: , (18) Bu yerda: m1 – sinovgacha to‘ldiruvchi namunasining massasi, g m2 – sinovdan so‘ng elakda qolgan qoldiq, g Shundan so‘ng olingan natija (massa yo‘qotilishi) mavjud standart bilan solishtiriladi. Sinov ishlarini tezlashtirish maqsadida namuna natriy sulfat qorishmasiga solinadi va tezda 105-110 0S da quritish shkafida quritiladi. So‘ngra yuqorida keltirilgan holatda massa yo‘qotilishi aniqlanadi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling