3-ma'ruza: To‘ldiruvchilarning xossalari va ularga qo‘yilgan talablar. G‘ovak to‘ldiruvchining uyilma zichligi Reja


Download 1.15 Mb.
bet2/13
Sana06.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1170427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3- MA\'RUZA

To’ldiruvchilarning bo’shliqligi
To’ldiruvchi bo’shliqligi yoki donalar orasidagi bo’shliq, to’ldirgich erkin to’kilgandagi donalar orasidagi bo’shliqni umumiy xajmga bo’lgan nisbatiga aytiladi va % da aniqlanadi (zichlanmagan xolda). Agar uyma zichlik –ρu (kg/m³) va uning zarrachalari zichligi–ρ3 (g/sm³) malum bo’lsa, unda to’ldiruvchining donalari orasidagi bo’shliq quyidagi formula asosida topiladi:
, (4)
G‘ovak to’ldiruvchining donalari orasidagi bo’shliqni tajribada aniqlashda, to’ldiruvchi namuna o’lchov idishiga (1-jadvalga) solinadi va suv quyiladi. Malum vaqtdan so’ng idish usti mayda ko’zli elak bilan yopiladi, idishdagi suv to’kiladi. So’ngra suvga shimdirilgan to’ldiruvchi bilan idish birgalikda torozida tortiladi. Idishga lim to’lguncha suv solinadi va yana tarozida tortiladi, tajriba yo‘li bilan aniqlangan g‘ovak to’ldiruvchining donalari orasidagi bo’shliq quyidagi formula asosida topiladi:
, (5)
Bu yerda: msuv- oxirgi to’ldirib solingan suvning massasi , kg
V-idishning hajmi, l
G‘ovak to‘ldiruvchining donalari orasidagi bo‘shliqni tajribada aniqlagandan so‘ng zarrachalar zichligi z (g/sm3)ni aniqlash mumkin:
, (6)
Agar to’ldiruvchining bo’shliqligini zichlangan xolatda bilish kerak bo’lsa, u xolda (4)formuladagi uyma zichlik o’rniga, to’ldiruvchining zichlangan xolatdagi zichligi olinadiAgar to’ldiruvchining bo’shliqligini zichlangan xolatda bilish kerak bo’lsa, u xolda formuladagi uyilma zichlik o’rniga, to’ldiruvchining zichlangan xolatdagi zichligi olinadi.
Agar to’ldiruvchining donalaridagi ochiq g‘ovaklar betonda sement qorishmasi bilan to’lgan xolatdagi bo’shliqligini aniqlaydigan bo‘lsak, u xolda formuladagi donalar zichligi – ρ3 o’rniga to’ldiruvchi donalarining sement qorishmasidagi zichligi – ρzs.t olinadi.
Bo’shliqlik – bu to’ldiruvchilarning muhim xarakteristikasi xisoblanadi. Zich konstruksion betonda barcha bo’shliqlar sement qorishmasi bilan to’lishi kerak. Shu sababli bo’shliqlik qancha kam bo’lsa, betonda sement sarfi xam shuncha kam bo’ladi. Yirik g‘ovakli betonda esa aksincha, yani to’ldiruvchilarning bo’shliqligi katta bo’lishi kerak. To’ldiruvchi bo‘shliqligi, donalar shakli va donadorlik (granulometrik) tarkibiga bog‘liqdir.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling