3-ma'ruza: To‘ldiruvchilarning xossalari va ularga qo‘yilgan talablar. G‘ovak to‘ldiruvchining uyilma zichligi Reja


-rasm. Sharlarning joylashish variantlari Sochiluvchan materiallarning donalar shakliga mos bo’shliqligi


Download 1.15 Mb.
bet4/13
Sana06.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1170427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3- MA\'RUZA

3.1-rasm. Sharlarning joylashish variantlari Sochiluvchan materiallarning donalar shakliga mos bo’shliqligi
3.2-jadval

Donalar shakli

Bo‘shliqlik,%




Joylashtirishda

O‘rtacha

Nisbatan yuqori zichlik

Nisbatan kichik zichlik




Kublar

0

87,1

43,55

Oktaedrlar

12,1

83,9

48,05

Dodekaedrlar

14,1

60,7

37,4

Ikosaedalar

10,3

59,9

35,1

Sharlar

26,2

47,6

36,9

Standartlarda to’ldiruvchilarning donalari shakli ularning o’lchamiga qarab baholanadi. Masalan UzRST da shag‘al va shag‘alda plastinkali va ninasimon donalar salmog‘i (to‘ldiruvchilarning eni va qalinligi uzunligida 3 martta kichik) ko‘rsatilgan.
O‘zRST 720-96 “Zichlikni aniqlash usuli” ga ko‘ra g‘ovak to’ldiruvchilar uchun donalar shakli koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:
, (11)

bu yerda: Dkatta va Dkichik ― donalarning eng katta va eng kichik o’lchamlari, mm


Donalarni o’lchash shtangensirkulda amalga oshiriladi.
To’ldiruvchilarning donadorlik tarkibi (granulometrik tarkibi), undagi turli kattalikdagi donalarning mavjudligi bo’lib, to’ldiruvchining o’rtacha namunasini standart elakdan o’tkazish natijasida aniqlanadi. Standart elaklar to’plami quyidagi o’lchamdagi elak ko‘zlarini tashkil etadi: 0,16; 0,315; 0,63; 1,25; 2,5; 5; 10; 20; 40; 70 mm va xokozo.
To’ldiruvchilar birinchi ravishda eng kichik va eng katta yiriklikni xarakterlaydi. Eng kichik -Dkichik yirikligi deb, shunday o’lchamli standart elakka aytiladiki, to’ldirgich namunasini elaganda 95% dan kam bo’lmagan namuna qoladi va faqat 5% dan ko’p bo’lmagan namuna o’tadi (massa bo’yicha). Eng katta yiriklik deb -Dkatta shunday o’lchamli standart elakka aytiladiki, to’ldiruvchilar namunasini elaganda elakda 5% dan kam namuna qoladi va 95% kam bo’lmagan namuna o’tadi (massa bo’yicha).
Eng katta va eng kichik yiriklikdagi donadorlik tarkibiga mos xarakterlanadi, masalan: 5 - 40mm yirikligidagi shag‘al(chakik tosh) uchun Deng katta =40mm: Deng kichik =5mm.
Bir fraksiyali to’ldiruvchilar deb, uning donalaridagi eng yirik va eng kichik yirikligi bir-biriga yaqin va 5-10, 10-20, 20-40 mm ko‘zli standart elaklar to’plamini tashkil etadi.
Masalan, 5-20mm yirikligidagi to’ldiruvchi ikki xil fraksiyadagi aralashmadan tashkil topadi.
Qurilishda standart bo‘yicha nisbatan tor fraksiyali to‘ldiruvchilarga ruxsat etiladi va samarali ishlatiladi. Masalan 10-15mm yoki 15-20 mm.
To’ldiruvchilarning bo’shliqligi turli fraksiyalarning aralashmasida kamayadi, yani kichik donalar nisbatan katta donalar orasini to’ldiradi va xajmini nisbatan qulay to’ldiradi. Shu sababli to’ldiruvchilar aralashmasi uchun donadorlik tarkib muhim rol o’ynaydi.
Uzluksiz donadorlik tarkib deb, to’ldiruvchi namunasining standart elakdan o’tkazganda barcha elaklarda qoldiq qolsa va to’ldiruvchi aralashmasida Dengkatta dan Dengkichik gacha bulgan barcha fraksiyali to’ldiruvchilarga aytiladi.
Agar to’ldiruvchi aralashmasi tarkibida bir fraksiyali to’ldiruvchilar bo’lmasa, u xolda uzlukli (uzilgan zanjirli) donadorlik tarkib deb ataladi. Masalan shag‘al yoki shag‘al aralashmasi uchun 5-10mm va 20-40 mm (10-20 mm oraliq fraksiya yo’q) uzlukli bo’ladi.
B.Nikolaev o’zining izlanishlarida uzlukli donadorlik tarkibdagi donadorlik tarkibi haqida va ularning aralashmasida minimal bo’shliqqa erishish to’g‘risida malumot beradi. Uzlukli donadorlik tarkibdagi to’ldiruvchilarni qo‘llash sohasi chegaralangan, biroq beton texnologiyasida qo’llash kengaymoqda.



Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling