2. Beton xususiyatiga to‘ldiruvchilarning ta'siri
Beton tarkibini loyihalash berilgan mustahkamlikdagi va sement sarfini minimal konsistensiya asosida bajariladi. Zich tarkibli va minimal sement sarflab olinadigan betonlarda asosiy hajmni to‘ldiruvchilar tashkil etadi[4].
Agar yirik to‘ldiruvchi bo‘liqligi (shag‘al yoki shag‘al) – Vbo‘sh.yir. bo‘lsa, unda betonning maksimal tashkil etuvchisi mayda to‘ldiruvchi hisoblanadi – Vmayda = 0,01Vbo‘sh.yir. (0,01-bo‘shliqlik foizda keltirilgan). U holda mayda va yirik to‘ldiruvchilar aralashmasi bo‘shliqligi quyidagiga teng::
, (19)
Misol: agar shag‘al bo‘shliqligi 32% bo‘lsa, qumning bo‘shliqligi esa 27% bo‘lsa, u holda shag‘al va qumning minimal bo‘shliqligi 8,6% ni tashkil etadi. Bunda shartli ravishda yirik to‘ldiruvchilar orasidagi bo‘shliq mayda to‘ldiruvchilar bilan to‘ldirilishini nazarda tutiladi. Lekin amaliyotda yirik to‘ldiruvchi donalari bir-biriga yaqin joylashganda qum o‘tishi qiyinlashadi va bo‘shliq hosil bo‘ladi.
Shu sababli, qumning hajmi Vqum = 0,01Vbo‘sh.yir. bo‘lsa, u holda yirik to‘ldiruvchining donalari qorishmada kam miqdorda siljiydi va qorishma bo‘shliqligi ortadi. Aralashma bo‘shliqligining mayda va yirik to‘ldiruvchilarga bog‘liqligini I.N.Axverdov grafik ko‘rinishida (3.3-rasm) tasvirlaydi.
3.3.-rasm. Aralashma bo‘shliqligining (Qorishma g‘ovakliligi hajmining) (massa bo‘yicha %da) mayda va yirik to‘ldiruvchi miqdoriga bog‘liqligi.
Misol: Vbo‘sh.yir.=32% va Vbo‘sh.may.=27% bo‘lsa, grafikda keltiriladiki yirik to‘ldiruvchilar sarfi 1m3 qorishma uchun Vyir.- 0,9 m3, qum esa Vmay.- 0,4m3, bundan kelib chiqib aralashma bo‘shliqligi Vbo‘sh.aral.- 11% ni tashkil etadi. Agar Vyir.- 0,7m3 va Vmay.- 0,55m3 bo‘lsa, Vbo‘sh.aral.- 14,5% ni tashkil etadi.
Aralashma bo‘shliqligi bevosita sement qorishmasi sarfini belgilaydi, ya'ni bo‘shliqlik qancha katta bo‘lsa sement sarfi ham shuncha ortadi. Agar yirik to‘ldiruvchidan voz kechilsa, u holda mayda donadorlikka ega bo‘lgan beton olinadi va yuqoridagi grafik bo‘yicha to‘ldiruvchining bo‘shliqligi 27% ni tashkil etadi. Bu esa 1m3 to‘ldiruvchilar aralashmasiga 0,9m3 yirik to‘ldiruvchi ishlatishga nisbatan 2,5 barobar ko‘p bo‘ladi. Shu sababli sement sarfi ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |