3-ma'ruza: To‘ldiruvchilarning xossalari va ularga qo‘yilgan talablar. G‘ovak to‘ldiruvchining uyilma zichligi Reja


Qirrali shakldagi to‘ldiruvchining tarkibi, %


Download 1.15 Mb.
bet11/13
Sana06.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1170427
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3- MA\'RUZA

Qirrali shakldagi to‘ldiruvchining tarkibi, %


3.5-rasm. To‘ldiruvchining qirrali donalarining uning bo‘shliqligiga ta'siri

Tarkibda plastinkasimon va ninasimon donalarning mavjudligi BS 812105.1: 1989 va BSEN 933-3: 1997, BS EN 12620: 2002 standartlarida keltirilgan sodda o‘lchov qurilmalari yordamida aniqlanadi. To‘ldiruvchilar namunasidan bu donalarni tandash shartli ravishda bajariladi. Agar to‘ldiruvchi donasining qalinligi o‘rtacha yirikligi fraksiyasidan 0,6 marta kam bo‘lsa u holda u plastinkasimon deyiladi. Agar to‘ldiruvchi donasining qalinligi o‘rtacha yirikligi fraksiyasidan 1,8 marta katta bo‘lsa u holda u ninasimon deyiladi.


4. Donalar shakli va tarkibi
To‘ldiruvchi donalarining tashqi teksturasi bo‘yicha klassifikatsiyalaganda, ular glyansli, silliq va boshqalarga bo‘linadi. Bunda cho‘zinchoqligi ham inobatga olinadi. Donalar yuzasining xarakteri donalar yirikligiga, qattiqligiga, ishlatiladigan tog‘ jinsining g‘ovakligiga, shu bilan bir qatorda dona tashqi yuzasiga ta'sir etadigan turli kuchlarga bog‘liq. To‘ldiruvchi donasining tashqi yuzasini vizual usulda o‘rganish yetarli hisoblanadi, klassifikatsiya BS 8121:1975 standart bo‘yicha, 3.5-jadvalda keltirilgan. Rayt tomonidan dona tashqi yuzasini aniqlash usuli o‘ylab chiqilgan. Bunda aniqlanayotgan dona smolaga solinadi, ma'lum ortishi natijasida qotgan smola va dona orasidagi chegara aniqlanadi.


To‘ldiruvchi tashqi yuzasi teksturasi (BS812: 1: 1975, misollar bilan)
3.5-jadval

Guruhi

To‘ldiruvchi tashqi yuzasi teksturasi

Donalar xarakteristikasi

Misollar

1

Shishasimon

Chig‘anoqsimon siniqning yuzasi

Qora mayda donali qumtosh, shishasimon
shlak

2

Silliq

Suv yordamida yassi yoki silliq yuzali dona, qavatli yoki
maydadonali tog‘
jinslarini sinishi
natijasida hosil bo‘ladi

Shag‘al, kremniyli slanets, kremniyli
oxaktosh, marmar, riolitlar

3

Donador

Birjinsli donalar

Qumtosh, oolit

4

Yassi

Yassi yuzali donalar, mayda va o‘rta
donadorli tog‘
jinslarining nurashi natijasida hosil bo‘ladi

Bazalt, porfirlar, oxaktosh, felzit

5

Krisstalsimon

Tarkibida yengil ajratiladigan
komponentlari mavjud
donadar

Granit, gabbro, gneyslar

6

Yacheykasimon va g‘ovakli

G‘ovakli va chig‘anoqli donalar

G‘isht, vulqon changi, shlakli pemza klinker, keramzit

Bu usulda juda ko‘p tadqiqot ishlari bajarilganligi bilan mehnatni ko‘p talab etishi sababli, keng qo‘llanilmaydi. To‘ldiruvchi tashqi yuzasining turi, shakli va xarakteri betonning mustahkamligiga yetarlicha ta'sir etadi, bu ayniqsa siqilishga mustahkamlikka qaraganda egilishga mustahkamlikka katta ta'sir ko‘rsatadi.


Ayniqsa yuqori mustahkamlikdagi betonlarda dona shakli va teksturasining ta'siri yuqori bo‘ladi. 3.6-jadvalda Kaplan tomonidan berilgan ma'lumotlarni ko‘rish mumkin, u orqali bir qancha faktorlarni beton mustahkamligiga ta'sirini o‘rganish mumkin. To‘ldiruvchi donalari shakli va teksturasini beton mustahkamligini ortish intensivi hali to‘liq o‘rganilmagan.
Yirik to‘ldiruvchining shakli betonning qulay joylashuvchanligiga yetarlicha ta'sir etadi. 3.7-rasmda Kaplan tomonidan berilgan ma'lumotlar asosida ninasimon yirik to‘ldiruvchi va u asosida tayyorlangan betonning zichlashish koeffitsienti orasidagi bog‘liqlik aks ettirilgan. Olib borilgan tadqiqot ishlari shuni ko‘rsatadaki to‘ldiruvchi donasi teksturasi betonning qulay joylashuvchanligiga unchalik ta'sir ko‘rsatmaydi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling