3-ma'ruza: To‘ldiruvchilarning xossalari va ularga qo‘yilgan talablar. G‘ovak to‘ldiruvchining uyilma zichligi Reja


Download 1.15 Mb.
bet9/13
Sana06.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1170427
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3- MA\'RUZA

3. Namuna tanlash
To‘ldiruvchilarning turli xususiyatlarini aniqlash uchun ishlatiladigan tog‘ jinslaridan namunalar tayyorlanadi. Bu xolatda sinov ishlari natijalari faqat to‘ldiruvchi materiallari uchun taaluqli bo‘ladi[1]. Biroq bizni asosan to‘ldiruvchining massasi bo‘yicha xususiyatlari qiziqtiradi, bu holatda uni olib kelish va ishlatish jarayonida to‘ldiruvchilarning o‘rtacha xususiyatini xarakterlovchi o‘rtacha namunani tanlash kerak bo‘ladi. Bunday namuna umumiy massaning xar xil joyidan eng kamida 10 kg tanlab olinadi. O‘rtacha namunaning massasi BS812:102:1989 (standartga BSEN932-1:1997 almashtirilgan) standart talabiga ko‘ra donalarning turli yirikligidan kam bo‘lmasligi kerak(3.3jadval).
Tekshirilayotgan namunalarning minimal massasi (BS 812: 102: 1989)
3.3-jadval

To‘ldiruvchining eng katta yirikligi, mm

O‘rtacha namunaning minimamal massasi, kg

63,5

101,6

50,8

101,6

38,1

50,8

25,4

50,8

19,05

25,4

12,7

12,7

9,53

6,35

6,35 va undan kam

3,18

Agar to‘ldiruvchilar ochiq omborlarda saqlansa, u holda o‘rtacha namuna shunday olinishi kerakki, bunda segregatsiya ta'sirini yo‘qotish lozim bo‘ladi, ayniqsa shtabelning katta balandligida bu katta seziladi. Bu holatda namunalar shtabelning barcha balandliklaridan va turli nuqtalardan olinadi. Yuqorida keltirilganidek, to‘ldiruvchi o‘rtacha namunasi katta massani beradi, ayniqsa katta yiriklikdagi donalarni ishlatishda bu namoyon bo‘ladi, natijada o‘rtacha namuna massasini qisqartirish lozim bo‘ladi. Alternativ ravishda, to‘ldiuvchi o‘rtacha namunasi Riffler asbobi yordamida ajratiladi (3.4-rasm).
Namunalarni massasini kamaytirishda barcha choralarni ko‘rish lozim bo‘ladi, bunda tanlangan o‘rtacha namuna xususiyatlari to‘ldiruvchining barcha massasining xususiyatlarini o‘zida aks ettirishi lozim. O‘rtacha namunani tanlash jelobli ajratgich yordamida yoki kvartlash orqali bajariladi. Ikkala usulda ham namunani bir xil qismlarga bo‘lish imkonini beradi. Agar olingan o‘rtacha namuna massasi katta bo‘lsa kvarlash yana qayta qayta bajariladi, toki kerakli massali o‘rtacha namuna olinguncha davom ettiriladi.


Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling