3-mavzu: C++ dasturlash tiliga va muhiti. Dastur interfeysi. Dastur strukturasi. Dastur elementlari. Reja


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/19
Sana08.05.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1441546
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
843C65FE-F824-4AC1-9957-D88BAE615D5A.3- Mavzu

3. Bo`shliq ma`lumot turi 
Bo`shliq ma'lumotlar turi qiymatlarning bo`sh to`plamlariga asoslangan. Uning 
ikkita asosiy maqsadi mavjud : 
(i) funksiya qiymatni qaytarmasligiga ishora qilad.
(ii) umumiy ko`rsatkichni aniqlaydi 
Bo`shliqning hech qanday obyekt turi ko`rsatilmaydi.
Masalan C++ funksiyasini quyidagicha ko`rsatishimiz mumkin : 
#include< iostream.h> 
Void main () 

……… 
………// body of function 
……… 
Bu yerda main () funksiyasi hech qanday foydali qiymatini qaytarmaydi. 
O‘zgarmaslar 
Bu toifadagi ma’lumotlarning qiymatlari dastur bajarilishi mobaynida mutlaqo 
o‘zgarmaydi. C++ tilida o‘zgarmaslarning bir qancha turlari mavjud: 
(i) Butun o‘zgarmaslar 
(ii) Belgili o‘zgarmaslar 
(iii) Haqiqiy o‘zgarmaslar 
(iv) Qatorli o‘zgarmaslar.
11
(i) Butun O‘zgarmaslar 
10
J.B.Dixit. Fundamentalsofcomputer programmingandInformation texnology. India. 2009 (203- bet) 
11
J.B.Dixit. Fundamentalsofcomputer programmingandInformation texnology. India. 2009 (203-204 betlar)


Bular ixtiyoriy kasr qismlarsiz butun sonlardir. Butun o‘zgarmaslar quyidagi 
qoidalar asosida aniqlanadi: 
(a) eng kamida bitta raqamdan iborat bo‘lishi
(b) o‘nlik kasrlarning ishtirok etmasligi
(c) + yoki – belgisidan iborat bo‘lishi mumkinligi 
(d) ishora belgisi ishtirok etmaganda son musbat deb qaralishi
(e) vergul va probellar qatnashmasligi lozim 
C++ tilida butun o‘zgarmaslarning uch turi mavjud: 

O‘nlik (base or radix 10) 

Sakkizlik (base or radix 8) 

O‘n oltilik (base or radix 16) 
O‘nlik butun o‘zgarmaslar. Bular 0 (nol raqami) dan boshlanmagan raqamlar 
ketma-ketligidan tashkil topadi. Masalan, 1024, 3313, +275, - 12 va hk. 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling