3-mavzu: C++ dasturlash tiliga va muhiti. Dastur interfeysi. Dastur strukturasi. Dastur elementlari. Reja


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/19
Sana08.05.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1441546
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
843C65FE-F824-4AC1-9957-D88BAE615D5A.3- Mavzu

Butun o‘zgarmaslar diapozoni. Kompyuter xotirasi so‘zlar deb nomlangan 
yacheykalar to‘plamidan tashkil topadi. So‘zdagi bitlar soni so‘z uzunligi deyiladi. 
Odatda so‘z uzunligi 16 bitdan iborat bo‘ladi (ba’zilari 32 va undan yuqori bo‘lishi 
mumkin). Misol uchun so‘z uzunligi n bo‘lsin. U holda butun son diapozoni -2
n-1
dan 2
n-1
-1 gacha bo‘ladi. 
Agar n=16 bo‘lsa, butun son sohasi -2
16-1
dan 2
16-1
-1 gacha bo‘ladi 
ya’ni, -32768 dan 32767 gacha. 
Agar siz -32768 dan kichkina son olsangiz, u holda qiymat yetishmaslik 
oqibatida, 32767 dan katta son olsangiz, qiymatning ortib ketishi natijasida xatolik 
kelib chiqadi. 
Sakkizlik butun o‘zgarmaslar. Bular 0 (nol raqami) dan boshlangan raqamlar 
ketma-ketligidir. Masalan, o‘nlik butun 14 soni sakkizlik butun son sifatida 016 
korinishida yoziladi (14
10
=16
8
kabi). 
O‘n oltilik butun o‘zgarmaslar. Bular0x yoki0X dan boshlangan raqamlar 
ketma-ketligidir. Masalan, o‘nlik butun 14 soni o‘noltilik butun son sifatida 0XE 
korinishida yoziladi (14
10
=E
16
kabi). 
L yoki l, U yoki u suffiksi long va insigned lar bilan ifodalanadigan 
o‘zgarmaslarni yozishga imkon beradi.
(ii) Belgili O‘zgarmaslar 
Belgili o‘zgarmaslar bittalik qo‘shtirnoq bilan yozilgan bitta belgini ifodalaydi.
Masalan, 'A', ' ', '\n' va hk. C++ da belgili o‘zgarmaslarni ifodalash qoidalari 
quyidagicha: 
C++ da belgili o‘zgarmaslar bitta simvolga ega bo‘lishi va bittalik 
qo‘shtirnoqqa olib yozilishi lozim.
12
 
C++ da belgilar uchun ma’lumotlar turida belgili o‘zgarmaslar char ma’lumotlar 
turiga ega. Yagona belgili o‘zgarmas qiymati kompyuter simvollar to‘plami 
bo‘yicha simvol nomeriga ega. Masalan, 'A' ning qiymati 65 (ASCII dagi 'A' ning 
qiymati), 'a' ning qiymati 97 va '0' ning qiymati 48 ga teng. 
12
J.B.Dixit. Fundamentalsofcomputer programmingandInformation texnology. India. 2009 (204-205 betlar)


C++ da butun qiymatlar turida ko‘p belgili o‘zgarmaslar int turiga ega bo‘ladi. 
Ko‘p belgili o‘zgarmaslar qiymati amalga oshiriladigan-bog’langan hisoblanadi. 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling