Belgili o‘zgarmas nomi va o‘zgaruvchiga ega bo‘lgan o‘zgarmasdir.
O‘zgaruvchidan farqli ravishda o‘zgarmas initsializatsiya qilingandan (boshlang’ich
qiymat berilgandan) so‘ng uning qiymatini o‘zgartirib bo‘lmaydi. C++
da belgili
o‘zgaruvchilarni ikki usulda hosil qilish mumkin:
1. Const klassifikatoridan foydalangan holda
C++ dao‘zgarmas ifodada
const so‘zidan foydalanish mumkin. Masalan,
const int SlZE =20;
char string[SIZE];
Agar
biz faqatgina const modikatoridan foydalansak, odatda
int turi o‘rnatiladi.
Masalan,
const SlZE =20;
yoki
const int SlZE = 20;
Bu usul sizning dastur kodingizni oson yozishda turli buzulishlar va qo‘llab-
quvvatlashda bir qancha afvazlliklarga ega. Asosiy farq shundaki, o‘zgarmas turga
ega, demak kompilyator ko‘rsatgan mos turungizdan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
2. Enum kalit so‘zi yordamida aniqlanadigan butun o‘zgarmaslar to‘plami
C++ da siz butun o‘zgarmaslardan sanashda foydalanishingiz mumkin, masalan,
enum {red, blue, green, white, black);
Bu ifodadagi
red, blue, green, white va
black lar o‘zgarmas konstanta sifatida
qaralib, mos ravishda
0, 1, 2, 3 va
4 qiymatlarga teng. Bu quyidagiga ekvivalent:
const red = 0;
15
const blue = 1;
const green = 2;
const white = 3;
const black = 4;
Har bir sanab o‘tiluvchi o‘zgarmas butun qiymatga ega.
Agar siz birinchi
o‘zgarmas qiymatini ko‘rsatmagan bo‘lsangiz, u avtomatik 0 qiymatga ega bo‘ladi,
qolganlari shu joydan o‘sib boradi. Ixtiyoriy o‘zgarmas aniq qiymat bilan
initsializatsiya
qilinishi mumkin, initsializatsiya qilinmagan o‘zgarmaslar qiymati
o‘zidan oldingi o‘zgarmas qiymatidan bitta katta sonni qabul qiladi. Masalan,
enum {red = 100, blue, green = 500, white, black = 700);
Bu e’lon qilishdan so‘ng red qiymati 100, blue qiymati 101, green qiymati 500,
white qiymati 501 va black qiymati 700 ga teng bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: