3-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: G‘arb falsafasi


Download 76.67 Kb.
bet4/15
Sana13.02.2023
Hajmi76.67 Kb.
#1193675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
3. Qadimgi davr G\'arb falsafasi

Lukresiy Kar (er.av.99-55y.) o‘zining «Narsalarning tabiati to‘g‘risida» asarida Demokrit va Epikur ta’limotini tahlil qilib, uni targ‘ib qildi. U atomistik nazariyani rivojlantirdi.
Lukresiy Karning bayoniga ko‘ra, materiya abadiy, u bir holatdan ikkinchi holatga aylana boradi, hech nimadan hech nima kelib chiqmaydi, urug‘dangina u yoki bu o‘simlik yoki hayvon paydo bo‘ladi. Biz atomlarning kichikligi tufayli ularni ko‘ra olmaymiz. Dengiz qirg‘og‘ida ko‘ylagimiz nam bo‘lib qoladi, quyoshda esa bu namlik yo‘qolib, ko‘ylak qurib qoladi. Biz namlikning paydo bo‘lishini ham, unga aks jarayonni ham ko‘ra olmaymiz. Uzuk ko‘p taqilishi tufayli yupqalashadi, yo‘lak esa kishilarning qatnayverishidan siyqalashini ham sezib, his qilmaymiz. Atomlar, zarralar, shaklga, og‘irlikka, hajmga ega bo‘lib, bo‘shliqda doimo harakatdadir. Narsalardan ulardagi xususiyatlarni ajratish mumkin emas. Masalan, og‘irlikni toshdan, issiqlikni olovdan, namlikni suvdan ajratib bo‘lmaydi. Materiyaga vaqt va makon xosdir. Materiya – mayda zarralar – atomlardan iborat, atomlar bo‘linmaydi va buzilmaydi.
Yer ham boshqa dunyolar kabi tabiiy sabablarga ko‘ra paydo bo‘lgan. Yerda ham, ko‘kda ham, suvda ham, nabodot, hayvonot olamida ham hamma narsa-hodisalar moddiy sabablarga ega. Tanadan ayrim jon yo‘q. Hech qanday dunyoviy ruh, dunyoviy aql ham yo‘q. Jon tez harakat qiladigan atomlardan iborat, aql va ong undan tuzilgandir. Lekin jon butun tanaga yoyilgan bo‘lsa, ruh inson ko‘kragining o‘rtasida joylashgan.
Lukresiy Kar dunyoni insonning bilishi mumkinligini e’irof qilish bilan birga, bilishda maqsad – kishilarni turli hurofatlar ta’siridan ozod qilishdir, deydi. Uningcha, dunyoni bilishda bilimlarimiz faqat sezgi a’zolarimiz orqali olingan ma’lumotlarga tayanadi. Agar sezgi a’zolarimiz dunyo to‘g‘risida to‘g‘ri ma’lumot berolmasa, u vaqtda kishilar dunyoni bila olmagan bo‘lar edi.
Mashhur notiq Mark Tulliy Sitseron (er.av.106-43y.) falsafa sohasida eklektik qarashlari bilan maydonga chiqadi. U boshqa tillardagi falsafiy lug‘atlardan foydalanib, lotin tilida lug‘at tuzadi; U o‘zining «Davlat to‘g‘risida», «Qonunlar haqida» asarlarida quldorlar aristokratiyasini himoya qiladi, senatorlarni yoqlab, xususiy mulkchilikni jamiyatning asosi, deb hisoblaydi. Davlat quldorlarning xususiy mulkini himoya qilish kerak. Xalq ommasi, ayniqsa, qullar faqat jismoniy mehnat qilish uchun yaratilgan, deydi. U davlat arbobi sifatida siyosiy jihatdan Demokrit va Epikur izdoshlari, Lukresiy Kardek zamondoshlariga qarshi kurash olib boradi.
Rim imperiyasida yuzaga kelgan neoplatonizm oqimining asoschisi Plotin (204-270y.) fikricha, olamiy jarayon payqab va ifodalab bo‘lmaydigan ilohiy bosh yagona ibtidodan boshlanadi. Bu ibtido butun borliq asosi bo‘lgan yagona ilohiy kuch – Xudodir. Qolgan barcha (ruhiy, hissiy, moddiy) narsalar shu ilohiy kuchdan yaralgan nurning emmanatsiyasi natijasidir. Quyosh o‘zidan nur taratgan kabi, ilohiy kuch – Xudo ham o‘zidan butun koinotni emmanatsiya usuli bilan chiqarib yuborgan. Insonning joni va tanasi ham Xudo tomonidan emanatsiya qilingani uchun inson hayotining oliy maqsadi – o‘z jonining Xudo bilan qo‘shilishiga erishuvdan iboratdir. Kishi bunga ekstaz (jazava) holatga tushish orqali erishadi. Buning uchun kishi o‘z nafsi va jismoniy ishtiyoqlarini tiyish vositasi bo‘lgan hamda butun ruhiy kuchlarini rivojlantirish yo‘li bilan yuksalib borishning oliy ekstaz (jo‘sh urish) bosqichida inson ruhi Xudo bilan qaytadan birlashadi.
Plotinning falsafiy ma’lumotida ham dialektika o‘ziga xos ifodasini topgan. Unda olamdagi uyg‘unlikka, go‘zalikka, yaxshilik va yomonlikka sabab bo‘ladigan, ularning mohiyatini tashkil etgan qarama-qarshiliklar va ularning birligi ko‘rsatib berilgan.
Rim imperiyasi ichki ziddiyatlarining tobora keskinlashib borishi natijasida, quldorlik jamiyati ichida inqiroz kuchayib, jamiyat mafkurasi sohalariga diniy, idealistik aqidaviy ta’limotlar keng yoyilib, yunon jamiyatida erishilgan madaniyat, fan, san’at va falsafa sohalaridagi yutuqlarga nisbatan reaksiya avj ola boshlaydi. Kutubxonalar yopilib, taraqqiyotparvar ilg‘or kishilar: olimlar va faylasuflar quvg‘in etila boshlaydi. Yevropa mamlakatlarida sxolastik din hukmronligiga sabab bo‘ldi.


  1. Download 76.67 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling